So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  5 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Roy Rok: "Oliy liga o'yinlariga 100 foiz tayyorgarlik bilan maydonga chiqish kerak ekan" Yangiliklar

Roy Rok: "Oliy liga o'yinlariga 100 foiz tayyorgarlik bilan maydonga chiqish kerak ekan"

"Nasaf" tarkibiga ushbu mavsumdan boshlab kelib qo'shilgan sloveniyalik futbolchi Roy Rok saytimizga intervyu berdi.
"Nasaf" safida o'zining yorqin o'yinlari bilan yurtimizdagi futbol ishqibozlarini ko'nglini olgan Roy Rok bilan klub qarorgohida suhbat uyushtirdik.

Roy Rok haqida qisqacha malumot:
Tug'ilgan yili: 1986, 8 oktyabr.
Tug'ilgan joyi: Yugoslaviya, Maribor.
Fuqoroligi: Sloveniya.
Ampluasi: Himoyachi (vinger)
Og'irligi: 66
Bo'yi: 176
Raqami: 15
O'ynagan jamoalari: "Maribor" (Sloveniya), "Volfsburg" (Austriya), "SHentyur" (Sloveniya), "Olimpiya" (Sloveniya), "Rudar" (Sloveniya), "Volendam" (Gollandiya), "Zavrch" (Sloveniya), "Taraz" (Qozog'iston)
Ushbu yildan boshlab Qarshining "Nasaf" jamoasi azosi sifatida faoliyat yuritmoqda.


Roy Rok faoliyati davomida 9ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan


- Futbolchilik faoliyatingizni qanday boshlaganiz haqida aytib bersangiz?
- Sloveniyaning "Maribor" jamoasida futbolchilik faoliyatimni boshlaganman. Avvaliga "Maribor"ni yoshlar jamoasida 8 yil o'ynadim. Keyinchalik "Maribor" klubi bilan professional shartnoma tuzdim. Ikki yil asosiy jamoada to'p surganimdan so'ng boshqa bir Sloveniya klubi "Olimpiya" jamoasiga o'tdim. U erda bir mavsum to'p tepganimdan so'ng Gollandiyaga yo'l oldim. Gollandiya o'lkasida ikki mavsum o'ynaganimdan keyin Qozog'iston chempionatida to'p ishtirok etadigan "Taraz" klubi safiga borib qo'shildim. U erdan so'ng mana "Nasaf"ga keldim. "Maribor" bilan shartnoma tuzgan paytimda juda yosh bo'lganman. O'sha yillari klub ECHLda ishtirok etardi va jamoada raqobat kuchli bo'lgan. SHu bois ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoani almashtirishga qaror qilgandim. Men har yili futbolchi sifatida o'sishga intilaman. SHu barobarida kuchli va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoa sharafini himoya qilgim keladi. "Nasaf" men istagan kuchli va yuqori vazifalarni bajarishga intiluvchi jamoa ekan. Bu erda ekanligimdan xursandman. Umid qilamanki, oldimizga qo'yilgan maqsadlarni yil yakuniga kelib amalga oshira olamiz.

- Sizni kim "Nasaf" jamoasiga taklif qilgan?
- O'tgan yili Qozog'istonda o'ynab yurgan paytimda Oleg Sobirov telefon qilib, menga "Nasaf"dan taklif tushayotgani haqida aytib o'tdi. Keyin men jamoa bilan tanishishni va ko'rishni istayotganimni aytdim. "Nasaf"da yaxshi sharoit va oliy vazifalar borligi uchun bu klubga o'tishga qarshi bo'lmadim. Jamoa Osiyo chempionlar ligasida o'ynayotgani ham meni "ajdarlar" safiga o'tishga qiziqtirib qo'ydi. Turkiyada bo'lib o'tgan yig'inda ishtirok etdim va murabbiylarga maqul keldim shekilli, ular menga shartnoma taklif qilishdi.

- SHartnoma qancha muddatga tuzildi?
- "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim. Agarda hammasi yaxshi kechsa va har ikkala tomon kelisha olsak, shartnomamni yana uzaytirishim mumkin.

- "Nasaf"da sizni hamma narsa qoniqtirmoqdami?
- Ha, barchasi yaxshi. Jamoamiz bilan inoqmiz. Ichki muhit ham yaxshi. Yaxshi kollektiv tashkil etilgan. "Nasaf"dagi barcha futbolchilar haqiqiy professional ekan. Bu erda meni iliq kutib olishdi.

- O'zbekiston chempionatiga qanday baho bergan bo'lardiz?
- Juda qiziqarli chempionat. Barcha o'yinlarga 100 foiz tayyorgarlik ko'rib maydonga chiqish kerak ekan. Konsentraciyani bir zum ham yo'qotib bo'lmaydi. Futbolchilar texnik jihatdan ancha yaxshi o'ynashadi. O'zbekiston chempionati kuchli deb ayta olaman.

- OCHLda "Nasaf" muvaffaqiyat qozona olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- "Nasaf" adashmasam endi ikkinchi bor bu musobaqada qatnashdi. Jamoamizda ko'p yoshlar bor. Men ham ilk bor ushbu turnirda ishtirok etishim. Biroz tajriba etishmagani bizga pand berdi. Guruhdagi o'yinlarni yomon o'tkazdik deya olmayman. Dastlabki ikki o'yindan keyin biz yaxshi o'ynadik. Lekin bazi uchrashuvlarda bizdan omad yuz o'girdi. Hal qiluvchi bahsda esa toza golimizni hakamlar inobatga olishmadi.


Roy Rok hazilni yaxshi ko'radigan, xushchaqchaq inson ekanligi suhbat davomida sezilib turdi

- OCHLda qaysi jamoaning o'yini sizga ko'proq yoqdi?
- Har ikki o'yinda mag'lub etganimiz "Traktorsozi" jamoasining o'yinlari menga yoqdi. Ularning o'yin uslubi ancha yaxshi ekan. Aynan shu jamoadagi 14-raqamli futbolchining (Teymuryan) harakatlari ham menga maqul bo'ldi. Juda kuchli futbolchi ekanligi ko'rinib turdi. O'yinni tashkil etishi va maydonni ko'ra olish qobiliyatiga tan berdim. Haqiqiy etakchi futbolchi kan.

- "Nasaf"ga kelishingizdan avval O'zbekiston haqida malumotga egamidingiz?
- To'g'risi, bu erga kelishimdan oldin bu o'lka haqida bilmasdim. Qozog'istondagi faoliyatimdan avval ham Qozog'iston haqida malumotga ega bo'lmaganman. Kelib hammasini o'z ko'zim bilan ko'rdim.

- O'zbekiston poytaxti Toshkentni aylanishga ulgurdingizmi?
- Hozircha poytaxtga borganim yo'q. Faqatgina aeroportdan to'g'ri Qarshiga uchdim xolos. Vaqt bo'lishi bilan albatta Toshkentni ko'rgani boraman. Hozirgacha Samarqandni sayr qilishga erishdim.

- Qarshi shahri sizga yoqdimi?
- Yaxshi, bo'ladi. Asosiysi klub qarorgohida barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Menga bu narsa juda maqul keldi.

- Oilangiz haqida qisqacha malumot berib o'tsangiz?
- Uylanganman. Hozircha farzandlarimiz yo'q.

- Rafiqangiz "Nasaf"ga o'tishingizga qarshi bo'lmadimi?
- Yo'q, rafiqam bu erdagi sharoitlarni bilib, imkoniyatdan foydalanib qolishimni aytdi. "Nasaf" bilan sovrinlarni qo'lga kiritishimni tiladi. Jamoa chempionatda ham eng oliy o'rinlarda yurishi, OCHLda ishtirok etishi unga ham yoqdi.

- Jamoadagi qaysi futbolchilar bilan til topishib ketdingiz?
- Bu erda barchamiz bir jamoamiz. Hamma bir-biri bilan do'st. Hamma bir kish uchun, bir kishi hamma uchun degan shior amalda qo'llaniladi. Ko'proq Farruh Sayfiev va Maqsud Karimov bilan vaqtni birga o'tkazamiz.

- O'z poziciyangizda raqobatni his qilyapsizmi?
- Ha, albatta. "Nasaf"da har bir chiziqda kuchli raqobat mavjud.

- Nima deb o'ylaysiz, "Nasaf" chempion bo'lishga qodirmi?
- Bizning asosiy maqsadimiz chempionlikni ko'lga kiritish. Lekin mavsum hali uzoq. SHu bois bu haqida o'ylashga erta. Muhimi, har bir o'yinga faqat g'alaba uchun maydonga tushib, uch ochkoni qo'lga kiritish kerak. Hamma uchrashuvga finalga chiqqandek taraddud ko'rish zarur.

- Sloveniya terma jamoasidan taklif olganmisiz?
- Yo'q, hali terma jamoa safida o'ynash nasib etmagan. Faqatgina Sloveniya yoshlar terma jamoasi tarkibida o'ynaganman.


Roy Rok Oliy ligamizga yuqori baho berdi. Bu yilgi mavsum ushbu baho mos tarzda boshlandi. Davomi ham shu ruhda davom etishidan umidvormiz.

- Gollandiya chempionatida o'ynagansiz. SHu haqida gapirib bersangiz?
- "Volendam" jamoasi sharafini himoya qilganman. Dastlabki yili bizlar oliy divizionda o'ynaganmiz. Keyingi mavsumda esa qo'yi divizionga tushib ketgandik.

- Xalqaro maydonda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Menga "Barselona" jamoasi yoqadi. SHuningdek, Pep Gvardiolaning ish uslubini hurmat qilaman va Gvardiolani muxlisi bo'laman. Bu yilgi ECHL yarim finalidagi "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvida qaysi biriga  ishqibozlik borasida boshim qotip qolgandi. Finalda endi kataloniyaliklarga muxlislik qilaman.

- Ro'ziqul Berdievning o'yin falsafasi sizga maqulmi?
- Ha, bizning o'yin uslubimiz menga yoqadi. Ro'ziqul Berdiev juda yaxshi murabbiy. Berdiev bilan aloqalarimiz ham yaxshi.

- Roy Rok bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazmoqda?

- Bazada yotaman, kino ko'raman. Hozircha shunday. O'sha kuni Samarqandga borib sayr qilib kelgandik. Hozircha asosan xonamda kino ko'raman, oila azolarim bilan internet orqali muntazam gaplashib turaman. Ingliz tilida kino ko'rib turibman. Aks holda inglizchani unutib qo'yish mumkin (kuladi).

- O'zbek milliy taomi Oshni tanovul qilishga ulgurdingizmi?

- Ha, albatta. Har ikki kunning birida osh eymiz. Mazasi juda yoqdi. Keyin somsa ham juda yoqib qoldi. SHu ikki taomga mehrim tushdi desam bo'ladi.

- Gazeta varaqlab turasizmi?

- Ha, albatta. Matbuotni muntazam kuzatib boraman. Ko'pincha Sloveniya gazetalarini o'qib turardim. Hozircha esa internet orqali yangiliklarni o'qib turibman. O'zbekistondagi ikkita saytni ham kuzatib turibman. "Nasaf" rasmiy sayti va "Championat.asia" saytining ruscha bo'limidagi xabarlarni o'qib turibman.

- Roy Rok hujumga ko'p qo'shiladi. Qachon uning ijrosida muxlislar gol ko'rishadi?  Siz hujumkorlikni yoqtiradigan qanot himoyachilardan ekanligiz ko'rsatayotgan o'yinlaringizdan ham sezilib turadi. "Nasaf"da hujumchilar gol urishmayapti, balki bu vazifani Roy Rok o'z zimmasiga olar?

- (kuladi) Keyingi o'yinlarda bunga harakat qilib ko'raman. Gol urish o'zimga ham yoqadi. Ko'proq harakat qilish lozim.

- "Nasaf"dagi eng kuchli futbolchi deb kimni aytgan bo'lardingiz?

- So'zsiz Artur Gevorkyan.

- Sloveniya va O'zbekiston chempionatini taqqoslaymiz. Farq qanchalik katta?

- Deyarli farq qilmaydi. Bizlarda ham, sizlarda asosan texnikaga asoslangan futbol o'ynashadi. Faqatgina Sloveniyada ko'proq agressiv futbol o'ynashadi. Asosiy farqi shundaki, Sloveniya bu Evropa, O'zbekiston esa Osiyo.

- Tasavvur qilamiz, Roy Rokni O'zbekiston terma jamoasiga o'ynashga taklif qilishdi. Bu taklifni o'ylab ko'rarmidingiz?

- Balki o'ylab ko'rgan bo'larmidim. Sloveniya terma jamoasidan o'rin olish juda qiyin ish. Bu haqida biror narsa deyish qiyin.

- O'zbek futbolchilari ichida kimlarni taniysiz?

- Bir ikkita nomlarni bilaman. Masalan "Bunyodkor"dagi Sardor Rashidovni yaxshi bilaman. Sardor Rashidov juda yaxshi futbolchi.

- Jahon futbolida qaysi o'yinchilarni yoqtirasiz?

- Patris Evra va Dani Alveshning o'yin uslublari menga juda yoqadi.

- Futbolchilik orzuyingiz nima?

- CHempion bo'lishni juda istayman. Jamoam bilan trofeylarni qo'lga kiritish orzularimdan biri hisoblanadi.

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.
- Rahmat. Sizlarga ham omad tilayman.

Suratlar muallifi: Sardor Nurov ("Nasaf" matbuot xizmati)

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика