Rodri ushbu mavsumda o'ynaydimi? Gvardiola javob berdi
31 jan 22:47
Yangiliklar
Rodri ushbu mavsumda o'ynaydimi? Gvardiola javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchi Rodri borasidagi savolga javob berdi.
Rodri tizzasidan juda jiddiy jarohat olib, safdan chiqqan va hali hamon tiklanish bilan band.
"Rodri? U hozir pozitiv holatda, biroq nimalar bo'lishini bilmayman. Bundan jiddiy jarohatlar paytida men doimo imkoniyatlarni cheklab turish kerak deb hisoblayman. Barchasining o'z vaqti keladi.
Rodri bu erda, kiyim almashtirish xonasida bo'lib turgani yoqimli. U endi o'spirin bola emas, tezroq o'ziga kelib olishi kerak. Lekin uni ertaroq maydonga qaytarib, bir qadam ortga tashamoqchi emasmiz. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Gvardiola.
Oldinroq "Manchester Siti" Rodrini ECHLning pley-off o'yinlariga ro'yxatdan o'tkazishi borasida malumotlar paydo bo'lgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar