Robin van Persi: "Sanches MYUda baxtli ko'rinmayapti"
04 avg 2019 21:30
Yangiliklar


Robin van Persi: "Sanches MYUda baxtli ko'rinmayapti"
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Robin van Persi Aleksis Sanchesning MYUdagi omadsiz o'yinlari sababini aytdi.
"O'ylashimcha, Sanches o'zini MYUda baxtli his qilmayapti. U "Arsenal"da baxtiyor edi. Tajribamga ko'ra, ruhiy holat insonning ishlariga katta tasir ko'rsatadi. Agar o'zingni 50%dan ko'proq yaxshi his qilsang, qilayotgan ishingdan ko'proq rohatlanasan. SHuning uchun, Sanches avvalo ruhiy holatini tartibga solishi kerak", - deydi van Persi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar