"Roberto Karlosga "Uchkuduk, tri kolodca" qo'shig'i yoqardi"
19 okt 2021 09:12
Yangiliklar
"Roberto Karlosga "Uchkuduk, tri kolodca" qo'shig'i yoqardi"
"Anji" sobiq matbuot kotibi Sergey Rasulov Roberto Karlosning Maxachkaladagi birinchi kunlari haqida gapirdi.
"Anji"da o'ynagan barcha yulduzlar ichida u eng oddiysi edi. Doimo hazillashardi, nimalardir so'rardi. Turli so'zlarni o'rganib olardi.
Qanday so'zlar? So'kishdan tashqari - salom, hayr, ishlar qalay. Uning eng sevimli so'zi uchquduq edi. Unga "Uchkuduk, tri kolodca" qo'shig'i juda yoqardi. Uni Ahmedov kiyinish xonasida qo'yib bergandi. Karlosga esa bu qo'shiq yoqib qolgandi. U qo'shiq manosini tushunmasdi, ammo barchani uchquduqlar deb atardi.
SHuningdek u uchishdan qo'rqardi. Samolyot Dog'istonga qo'nganida, ruschalab baland ovozda: "Xudoga shukr, Maxachkala" derdi", - dedi Rasulov.
Fikrlar