So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   1 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Roberto Karlos Amerika kubogi finalida qanday hisob qayd etilishini taxmin qildi Yangiliklar

Roberto Karlos Amerika kubogi finalida qanday hisob qayd etilishini taxmin qildi

Teglar :  Roberto Karlos
Braziliyalik sobiq futbolchi mamlakati Evro-2020'da ishtirok etganda, qaysi bosqichga chiqa olishini ham takidladi.

Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi Amerika kubogining final uchrashuvi 11 iyul kuni Rio-de-Janeyro shahridagi "Marakana" stadionida bo'lib o'tadi.

"Biz o'z uyimizda o'ynayapmiz, jamoa yaxshi harakat qilmoqda, shuning uchun biz g'alaba qozonishimiz mumkin deb o'ylayman. O'yin oson bo'lmaydi, ammo Braziliya 2:0 hisobida g'alaba qozonishi mumkin", — deydi Braziliya tarkibida 125 uchrashuvda 11 ta gol urgan futbolchi.

Braziliya termasi nega 19 yildan buyon jahon chempionatida g'alaba qozona olmayotgani haqida Karlos shunday dedi: 

"Bir necha avlodlar almashinuvi bo'ldi, bu o'zgarish jahon chempionatlarida o'ynagan yuqori saviyali futbolchilar Amerika kubogi, Konfederaciyalar kubogi kabi barcha sovrinlarni qo'lga kiritib, o'z faoliyatini yakunlagandan so'ng sodir bo'ldi. 

Hozirgi tarkibning biz erishgan yutuqlarga erishishi qiyin. Biz bu jamoada ko'proq birdamlik, o'ziga ishonch paydo bo'lib, JCHda g'alaba qozonishi uchun sabr-toqatli bo'lishimiz kerak. Amerika kubogi deyarli qo'limizda. Braziliya terma jamoasi amaldagi chempion va yana finalga chiqdi. Ammo jahon chempionatida g'olib bo'lish juda qiyin", — deya takidladi sobiq chap qanot himoyachisi.

SHu bilan birga, Karlosning fikriga ko'ra, hozirgi braziliyaliklar ushbu tarkibda o'ynagan taqdirda, Evropa chempionati finaliga qadar etib borishi mumkin edi. Ushbu chempionatning finali yakshanba kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi va oltin medallar taqdirini Angliya va Italiya jamoalari o'rtasidagi bahs hal qiladi.

"Braziliya terma jamoasi albatta finalda o'ynagan bo'lardi. Ushbu bosqichda Braziliya–Angliya yoki Braziliya–Italiya to'qnash kelardi. Braziliyaliklar yuqori darajadagi turnirlarda o'ynashga odatlanib qolgan. Ular har doim ham g'alaba qozonmaydi, ammo terma jamoada beshta yulduz bor, biz jahon chempionatlarida besh marta g'olib chiqqan yagona terma jamoamiz", — dedi Roberto Karlos.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика