

Statistika bilan shug'ullanuvchi Opta sayti xabariga ko'ra, Levandovski sobiq jamoasi “Borussiya”ga qarshi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urishga erishgan. Bundesliga tarixida hech bir futbolchi dortmundliklar darvozasiga shuncha gol ura olmagan.
Robert joriy mavsumda Bundesligada 23 tu uchrashuv o'tkazib, 31 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi. Robert Yevropaning top-5 chempionatlari to'purarlar orasida ham eng yazshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi. Chempionlar Ligasida ham polshalik hujumchi 5 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.



