So’nggi yangiliklar

17:17САфарда. "Андижон"да нима гаплар? "Ультрас бургут"нинг режалари ва Сардор Азимов билан интервью  0 16:54Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Шорта" баҳсида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  0 16:25"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда  0 15:58"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди  0 15:30Трансфер анатомияси  0 15:12Винисиус — Саудия Арабистони Про Лигасининг асосий нишони  1 14:45"Андижон" ва Хомяков. ФИФА мураббий фойдасига қарор чиқарди  5 14:22"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?  24 13:52"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди  3 13:24Бир неча юлдуз футболчи Дубайда пайдо бўлиши мумкин  2 12:57Икарди тарихий ютуққа эришди  0 12:30"Барселона" Рэшфорднинг келажаги бўйича унинг вакиллари билан алоқага чиқди  1 11:58Мюнхен фожиасига 68 йил тўлди  0 11:29Фарғонада замонавий талаблар асосида футбол академиялари барпо этилмоқда  4 10:51Фабио Каннаваро: "Ҳар бир футболчи ўзини миллий терма жамоанинг бир қисми бўлишини ҳис қилиши зарур"  8

Robbi Kin bilan intervyu Yangiliklar

Robbi Kin bilan intervyu

Teglar :  Robbi Kinintervyu
Bir necha kunlar oldin Irlandiya futboli afsonalaridan biri sanalgan Robbi Kin terma jamoadagi faoliyatini tugatganini elon qildi.


Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi arafasida Robbi mamlakat futbol federaciyasi saytiga intervyu berib, terma jamoa uchun o'tkazgan eng yaxshi o'yinlarini eslab o'tdi hamda muxlislarga ishonch va o'zini qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.


– Terma jamoadagi faoliyatingizni tugatganingizni aytganingizdan keyin nimalar haqida o'yladingiz?

– To'g'risi, haligacha bunga ishonmayapman. Menda aralash hissiyotlar bor. Yashil rangli libosni yana bir bor kiyish va muxlislarga minnatdorchilik bildirish yoqimli bo'ladi – ular 18 yil davomida menga ajoyib munosabatda bo'lishdi. Xayrlashuv o'yini men va oilam uchun katta ahamiyat kasb etgan. Uni sabrsizlik bilan kutdim.

– Oxirgi 18 yilda terma jamoada eslaydigan voqealaringiz ko'p: yirik turnirlarda ishtirok etish, terma jamoa tarixida eng yaxshi to'purarga aylanish, o'yinlar borasida rekordchiga aylanish. Yodingizda ko'proq nima saqlanib qoldi?

– SHubhasiz, 2002 yilgi jahon chempionati. Germaniyaga urgan golimni hamisha esimda saqlayman. O'zingcha yashab, futbolchilar yorlig'ini yig'asan va birdaniga jahondagi eng muhim uchrashuvlarda maydonda paydo bo'lasan. O'sha golimni hech qachon unutmayman.

Uzoq vaqt sardor bo'ldingiz. Avvalgi etakchilardan nimalar o'rgangansiz?

– Menga sardorlik bog'ichini topshirilgan kun faoliyatimdagi hal qiluvchi lahzalardan biriga aylangan. Menga katta faxr berishdi, murabbiydan juda minnatdor bo'lganman. Oddiy futbolchilarni o'yiniga qarab baho berishadi. Sardorga aylanganingda senda umuman boshqacha rol paydo bo'ladi. Qiyin holatlarda do'stlaringni quvvatlashing kerak, maydondan tashqarida yangi majburiyatlar yuzaga keladi. Boshqalar uchun o'rnak bo'lib, o'zingni maksimum bag'ishlashing darkor. Bu menga inson va erkak sifatida o'sishimga yordam berdi – ancha erta sanalgan 26 yoshda sardorga aylangandim. O'shanda juda xursand bo'lgandim.

– SHu yillar davomida ko'plab afsonaviy o'yinchilar bilan maydonda to'qnash keldingiz.

– Ha, jahonning eng yaxshi futbolchilariga qarshi o'ynadim. Messi, Zidan, Ronaldo bilan liboslar almashdim. Ularni Irlandiyadagi uyimda saqlayman. O'ylashimcha, Zidan ham libosimni biror joyga osib qo'ygan.

– Terma jamoa uchun g'ururni his qilasizmi?

– Albatta. Irlandiyada o'sgan boshqalar singari jamoamni sevaman. Juda yosh – 15 yoshda xorijga yo'l olganda bu sevgi yanada kuchliroq bo'ladi. Yashil libosni kiygan har kuni bayramga aylangan. Terma jamoa uchrashuvlari kuni o'zimni 7 yoshli bolakaydek his qilganman. Bu hislar hech qachon o'tib ketmaydi. Jahonda Irlandiya terma jamoasi uchun o'ynashdan yaxshiroq narsa yo'q. Faoliyatim mobaynida turli klublar sharafini himoya qilganman, ammo yashil libos menga eng loyiq tushgan.

Oxirgi uchrashuv arafasida muxlislarga nima etkazishni xohlardingiz?

– Rahmat. Qo'llab turganingiz uchun barchangizga rahmat. Siz xursandchilikda ham, g'amda ham ajoyib bo'ldingiz. Siz yosh boladan erkaklikkacha o'sganimni ko'rdingiz. Siz uchun o'ynash menga hamisha yoqimli bo'lgan. Bir necha oydan keyin Irlandiyaga qaytib, sizlar bilan tribunada birga o'tirishni rejalashtiryapman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика