

"2009 yilda "Bavariya"da uzoq qolishimni tasavvur qila olmasdim. Doimo hamma narsaga real qarayman, futbolchi taqdirining nima bo'lishini hech qachon bilmaysan. Men "Real"da o'ynaganman, "Bavariya" esa o'sha paytda hozirgi darajada bo'lmagan. Kamina sakkiz yildan beri jamoadaman. Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilyapman" - deydi Robben.
Aren Robben "Bavariya" safida 232 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 121 ta gol urdi va 79 ta golli pas berdi.



