Robben: "Qozog'iston bilan xuddi gandbol o'ynagandek taassurot uyg'ondi"
11 okt 2014 19:30
Yangiliklar


Robben: "Qozog'iston bilan xuddi gandbol o'ynagandek taassurot uyg'ondi"
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aren Robben Qozog'iston ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Barchani g'alaba bilan tabriklayman! Baxtimizga raqib ustidan irodali g'alaba qozona oldik. Biz tezroq o'ynashimiz mumkin edi, biroq bunday raqibga qarshi xuddi gandbol o'ynayotgandek taassurot qoldirdi. Qozog'istonning kuchsiz tomonini topish uchun o'ngdan, chapdan, markazdan hujum qildik, ko'p vaqt bu o'xshamadi. Juda qiyin bahs", - deydi Aren.

Fikrlar