So’nggi yangiliklar

21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  1 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  25 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  15

Rivojlanishning to'rt yillik dasturi. Unda nimalarga etibor beriladi? Yangiliklar

Rivojlanishning to'rt yillik dasturi. Unda nimalarga etibor beriladi?

O'tgan haftaning seshanba kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida OAV xodimlari uchun dastlabki matbuot anjumani tashkil qilindi.

Ushbu anjuman O'FF prezidentligiga saylov bo'lib o'tgan kundan oradan 15 kun o'tib o'tkazildi. Matbuot-konferenciyasida shuningdek, O'FF vice-prezidenti SHoakram Isroilov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'FF ijroqo'm azolari Rustam Qurbonov va Murod Alievlar ishtirok etishdi. 

Dastlab O'FF rahbari Umid Ahmadjonov so'z olib, O'FF mamlakatimizda futbolni riavojlantirish borasida keyingi to'rt yillik uchun dastur ishlab chiqqanini ommaga malum qildi. Keyinchalik bu dastur jurnalistlarga ham taqdim etildi. Biz quyidagi maqola orqali keyingi to'rt yillikda etibor qaratiladigan asosiy masalalar xususida fikr yuritamiz va shu orqali o'quvchilarga malumot berishga harakat qilamiz. 

Dasturda nimalarni ko'ramiz? 

Ana endi to'rt yillik rivojlanish dasturi haqida fikr yuritsak. To'rt yillik deganda O'FF 2018-2022 yillarni inobatga olgan. O'zbek futboli uchun 2017 yil tugadi desak ham bo'laveradi. Zero, jahon chempionatiga chiqish imkoni qo'ldan boy berilganidan so'ng ishqibozlarning o'zbek futboliga bo'lgan qiziqishi keskin darajada tushib ketdi. Odamlar oliy ligani ko'rmay qo'yishdi, birinchi ligani-ku gapirmasa ham bo'ladi. Klublarimiz uchun Osiyo chempionlar ligasi bahordayoq tugagan. 

O'smirlar terma jamoamiz Saudiya Arabistonida tashkil etilgan U-16 Osiyo chempionati saralash o'yinlarini muvaffaqiyatsiz yakunlashdi. Hartugul Ravshan Haydarov boshchiligida O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAda Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi va shunisi biroz xursandchilik bag'ishladi. Endilikda bu yil hisobidan yana bitta xalqaro musobaqa qoldi. Yani, shu oy oxirlarida Tojikistonda tashkil qilinadigan U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi. Ushbu musobaqaga yoshlar termamizni Aleksandr Mochinov tayyorlamoqda.

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov matbuot anjumanida keyingi to'rt yillikda etibor qaratiladigan ustuvor masalalarga to'xtalib o'tdi. Demak, bular quyidagilar. 

BIRINCHISI, O'zbekiston milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash. Hozirda ushbu jarayon davom etayapti. Darhaqiqat, terma jamoamizni kimga ishonib topshirish masalasi hamon ochiqligicha qolmoqda. Samvel Babayan o'z lavozimini tark etganidan beri O'FF uning o'rniga yangi murabbiyni tayinlagani yo'q va ayni paytda bunga hojat yo'q deb o'ylaymiz. Sababi, yaqin bir yarim yil ichida biz hech qanday rasmiy o'yin o'tkazmaymiz. Endi shu bilan 2019 yilning yanvarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga to'g'ridan-to'g'ri borib, o'sha erda o'ynaymiz. SHunday ekan, milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasida shoshilmagan maqul. 

Bizga malum bo'lishicha, O'FF shu kunlarda bir qator nomzodlarni o'rganib chiqmoqda. Va aytish mumkinki, nomzodlarning barchasi chet ellik. Bundan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi xorijlik mutaxassis bo'ladi, u gollandiyalikmi, Italiyadanmi yo germaniyalikmi, shuni bilmaymiz xolos. Matbuot anjumanida O'FF rahbari aniq nomlarni tilga olmadi.

IKKINCHISI, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish. Bu eng og'riqli nuqtalardan biri. Mana ikki yildirki O'FFda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish qo'mitasi (yoki bo'limi) ishlab kelmoqda. Qo'mita rahbari Ahrol Inoyatov futbolni chuqur tushunadigan mutaxassislar sirasiga kiradi. Ammo u kishi izquvar yo tergovchi emas, qolaversa hozirgi zamon tili bilan aytganda - qo'lga tushmagan o'g'ri emas, shunday ekan, qaysi o'yinni kelishilgan deb kim isbotlab bera oladi? 

Bu masalaga ikki xil qarash mumkin. Agar O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bor deb o'ylasak, unda qani o'sha o'yinlar? Isbot bormi? Mabodo yo'q desak, unda nega muxlislarning stadionga tashrifi kamayib ketdi? Odamlar nima uchun futbolga boradi? Albatta, chiroyli o'yin ko'rish uchun. Agar jamoalar zerikarli futbol ko'rsatib, o'yinning borishidan “kelishilgan bahs” hidi anqib tursa bundan muxlisga nima foyda? O'FF prezidentining aytishicha, endilikda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash uchun yangi qo'mita ish boshlaydi. Lekin asosiy savol baribir dolzarbligicha qolaveradi: kelishilgan o'yinlarga qaysi yo'l bilan kurash olib boriladi? Kimlarning yordamidan foydalaniladi?

UCHINCHISI, futboldagi tanish-bilishchilik va urug'-aymoqchilikka qarshi kurashish. Tanish-bilishchilik nafaqat futbolda, balki mo'maygina daromad qilsa bo'ladigan barcha sohalarda bor va buni bekitish kerak emas. Futbol esa ko'zga ko'ringan sport turi, aksar kishilar sohaga kirib kelganda foydalanib qolishni xohlashadi. CHunki bugungi kun futbolida katta pul aylanayotgani sir bo'lmay qoldi. Pul esa har qanday odam boshini aylantirib qo'yish mumkin. 

Endilikda O'FF rahbariyati bu masalaga ham beparvo qarab turmoqchi emas. Umid Ahmadjonov futbolni tanish-bilishchilik va urug'-aymoqchilikdan tozalash kerakligi haqida gapirar ekan, “Men to'g'ri tushunaman, agar oramizda sportchilar oilasi bo'lib ular haqiqatan o'z joylariga munosib bo'lsa, marhamat. Lekin shunday holatlar borki, bu futbolimiz ildiziga bolta uradi. Biz mana shunday g'irromlik va qing'irlikdan tozalash uchun alohida mutaxassislar guruhini jalb etdik”, - deya aytib o'tdi. 

Albatta, bu qanday guruh va asosan nima ish qiladi hozircha bilmaymiz, ammo barcha joylarda kadrlar aniq bir tanlov asosida ishga qabul qilinadigan bo'lsa, o'ylaymizki, urug'-aymoqchilikka sekin-asta barham beriladi. Zero biz ham futbolning barcha yo'nalishlarida o'z sohasi egalari ishlashini xohlaymiz.

TO'RTINCHISI, federaciya ishini shaffoflashtirish. SHaffoflashtirish deganda nimani tushunish kerak? Bu haqda gap borganda avvalo moliyaviy holatni ochiq bayon etishni tushunamiz. Masalan, terma jamoa murabbiylariga to'lanadigan maosh, qaysidir musobaqadagi ishtirok yoki g'oliblik uchun beriladigan mukofot puli miqdori, birorta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish uchun qancha mablag' ketishi va hokazo. Albatta, bu ham ishqibozlar uchun qiziq va O'FFni shaffoflashtirish deganda biz mana shularni tushunamiz. 

Bundan tashqari, oliy yoki birinchi liga hakamlari jazolanadigan bo'lsa, aynan qaysi xatosi uchun jazolangani ham ochiq-oydin aytilsa chakki bo'lmasdi. Umid Ahmadjonovning aytishicha, yangi rahbariyat muxlislarning federaciyaga bo'lgan ishonchi va hurmatini qozonishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo'ygan. Negaki rahbariyat uchun xalqning O'FF haqidagi fikri nihoyatda muhim. Xo'sh, odamlar ishonchini qanday qozonish mumkin? Birinchi navbatda g'alabalar orqali. Milliy terma jamoamizdan tortib barcha yoshdagi jamoalar muhim o'yinlarda g'alaba qozonib tursa, o'z-o'zidan muxlislarning O'FFga bo'lgan hurmati oshib boraveradi. Negaki ko'p joylarda muxlislar va OAV federaciya ishiga asosan xalqaro maydondagi yutuqlar orqali baho berishadi. 

BESHINCHISI, chiptalar savodosini isloh qilish. Bu ham dolzarb masalalardan biri. Milliy terma jamoa Toshkentda o'ynaganda muxlislar doim chipta muammosiga duch kelishadi. Odamlar o'zlari xohlagan sektordan chipta topolmay qolishadi. YO kassada chipta tugab qolgan bo'ladi, yo hammasi qo'lga chiqib ketadi. Bu endi boshqa mavzu. Fakt shuki, O'zbekiston terma jamoasi qachon uyda o'ynamasin, doim shu masala ko'tariladi. Albatta, O'FFning ishi chipta sotish bo'lmasligi kerak, ammo sotuvni nazorat qilish ularning qo'lida. 

Muxlislarni xursand qiladigan yana bir xabar shuki, keyingi yildan boshlab elektron chiptalar savdosini yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. Bu ham yaxshi, endilikda viloyatlardan o'yin kuni Toshkentga keladigan muxlislar bahs boshlanishiga bir-ikki soat qolganda kassa atrofida ovora bo'lib yurishmaydi. CHiptani elektron xarid qilib to'g'ri stadionga kirib boraverishadi. Bu orqali chiptalarning olib-sotarlar qo'liga o'tib ketish oldi olinadi. 

Dasturga kiritilgan boshqa masalalar 

Yuqoridagi beshta faktor O'FF yangi ish rejasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Mana shu beshta maqsad yo'lida ham ko'p ishlarni amalga oshirsa bo'ladi va shuning o'ziyoq odamlarning O'FFga bo'lgan ishonchini orttiradi. Bundan tashqari, to'rt yillik rivojlanish dasturidan o'rin olgan yana qo'shimcha masalalar borki, bu haqda ham to'xtalmasak bo'lmaydi. 

Eng avvalo butun mamlakatimiz bo'ylab bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish. Ochig'ini aytish kerak, bolalar futboliga jiddiy etibor berilmasa keyingi yillarda yanada qiyin ahvolga tushib qolishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib joylarda bolalar o'rtasidagi musobaqalar juda kamayib ketdi. Borlari ham muntazam o'tkazilayotgan yo'q. Qolaversa, O'FF tasarrufidagi aksar futbol maktablari kerakli sport inventarlari bilan to'laligicha taminlanmagan. Murabbiylar uchun malaka oshirish kurslari juda kam tashkil qilinishi haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi.

Murabbiylarni tayyorlash masalasi ham futbol rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin PFLning o'zi birinchi navbatda o'zi chiqargan reglamentga amal qilmas ekan, hammasi yana eski hammom, eski tosligicha qolaveradi. Masalan, oliy ligada bosh murabbiy sifatida faqat “Pro” licenziyasiga ega murabbiylar, birinchi ligada “A” licenziyasi borlar ishlasin deyildimi, tamom bunga hamma amal qilishi shart. 

Nazorat esa PFL bo'ynidagi vazifa hisoblanadi. Qolaversa, xuddi o'qituvchilar singari murabbiylarni ham har ikki yilda bir marta attestaciyadan o'tkazib turish kerak. Qayta imtihon topshira olmaganlardan mayli licenziyasi olib qo'yilsin, shundagina murabbiylarda ham harakat bo'ladi, ular o'z bilimlarini kuchaytirishga intilishadi.

Umuman olganda, o'zbek futbolida hal qilinishi kerak bo'lgan masalalar va echimini kutib turgan muammolar ko'p. Bularni hal qilish esa o'zimizning qo'limizda, chetdan kelib hech kim bizning muammolarni echib bermaydi. Lekin bularni hal qilishni to'liq O'FF prezidentiga yuklab qo'yish ham to'g'ri emas. Bunda federaciyadagi barcha bo'limlar xodimlari bir elkadan bosh chiqarib ishlashi kerak bo'ladi. Jurnalistlar yoritadigan og'riqli mavzular esa federaciya ishini yanada engillashtiradi deb umid qilamiz.

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика