Richarlisonning Serbiyaga urgan goli JCH-2022dagi eng chiroylisi deb topildi
23 dek 2022 18:11
Yangiliklar
Muxlislar ovoziga ko'ra, Risharlisonning chalqancha zarba orqali Serbiya darvozasiga kiritgan to'pi JCH-2022ning eng chiroyli goli deya baholandi.
SHuningdek, sovringa Salim Al Dovsari (Saudiya Arabistoni, Argentinaga qarshi o'yinda g'alaba goli), Risharlison (Braziliya, chiroyli kombinaciyadan so'ng Janubiy Koreya darvozasiga urilgan gol), Kodi Gakpo (Niderlandiya, Ekvador bilan o'yinda), Enco Fernandes (Argentina, Meksikaga qarshi o'yinda), Vensan Abubakar (Kamerun, Serbiya bilan bahsda), Luis CHaves (Meksika, Saudiya Arabistoniga qarshi jarima zarbasidan), Kilian Mbappe (Franciya, Polsha bilan qo'shib berilgan vaqtda), Payk Sin Xo (Janubiy Koreya, uzoq masofadan Braziliyaga) va Neymar (Braziliya, Xorvatiya darvozasiga kiritilgan to'p) davogarlik qildi.
Fikrlar