Richards yozda "Bavariya" o'yinchisiga aylanadi, u yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
02 mar 2021 07:25
Yangiliklar


Richards yozda "Bavariya" o'yinchisiga aylanadi, u yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
"Reding" chap qanot himoyachisi Omar Richards faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.
23 yoshli angliyalik futbolchi Myunxen klubiga yozda borib qo'shiladi va 4 yillik shartnoma imzolaydi. Richards Buyuk Britaniyada "Bavariya" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi, ammo cheklovlar sabab Germaniyaga ucha olmayapti.
Yakuniy kelishuvga kecha erishildi. Muzokaralar esa 3 oy davom etdi.
Richardsning "Reding" bilan tuzgan bitimi joriy mavsum so'nggiga qadar amal qiladi, shunday ekan u yangi klubi uchun tekinga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar