Riberi Germaniya chempionatining rekordini o'rnatdi
18 may 2019 22:15
Yangiliklar


Riberi Germaniya chempionatining rekordini o'rnatdi
Bavariya yarim himoyachisi Frank Riberi Germaniya chempionligini qo'lga kiritish borasida Bundesliga rekordini o'rnatdi.
Franciyalik futbolchi to'qqizinchi marotaba mazkur titulga ega chiqdi. Qayd etish joizki, bugun xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushgan Riberi 2007-yildan buyon myunxenliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. Mamlakat chempionligini qo'lga kiritish borasida Frank Riberidan keyingi o'rinlarda esa 8ta sovrin bilan Mexmet SHoll, Oliver Kan, Bastian SHvaynshtayger, David Alaba, Tomas Myuller va Aren Robben turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar