Riberi arab klubiga o'tadi
02 avg 2019 10:26
Yangiliklar
Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya"ning sobiq futbolchisi faoliyatini Qatar yoki Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Yozda futbolchining xizmatlariga "Monako" va "Ayntaxt" klublari qiziqqan edi, ammo yarim himoyachi bu takliflarni rad etgan.
Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.
Futbolchi faoliyatini Franciyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.
Franciya terma jamoasining sobiq o'yinchisi terma jamoa safida 2006-2014 yillar davomida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25

Fikrlar