So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Retkliff "Manchester Yunayted" ishchilarini 30%ga qisqartirmoqchi Yangiliklar

Retkliff "Manchester Yunayted" ishchilarini 30%ga qisqartirmoqchi

"Manchester Yunayted"ning yangi egalaridan hisoblangan "Ineos" kompaniyasi rahbari Jim Retkliffning dastlabki qarorlaridan biri 300 nafar ish joyini qisqartirish bo'ladi.

Retkliffning fikricha, 1000 nafar ishchilar bazasi 25-30%ga qisqarishi mumkin. Angliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ning hozirgi holatini tahlil qilib, yakuniy xulosa so'ragan, unga ko'ra, katta ko'lamda optimallashtirish doirasida 300 ishchi o'rini qisqartirishilishi mumkin. MYU rahbariyati, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda transferlarni amalga oshirish uchun, harajatlarni oshirib yubormaslik zarurligi haqida ogohlantirilgan. 

"Manchester Yunayted"ning 25% akciyasini sotib olgan Retkliff, unga 300 million dollar (237 million funt) pul kiritadi, ammo bu pullar jamoa tarkibini kuchaytirish uchun emas, klub infrastrukturasini yaxshilashga yo'naytiriladi.

71 yoshli Jim muxlislarga murojaat qilishga ham ulgurdi.

"Ishonamanki, biz klub tijoriy yo'nalishda erishgan muvaffaqiyatiga qo'shimcha sifatida, maydonda ham yutuqlarga erisha olamiz. Bu vaqt va sabrni, qatiylik va ishga professional munosabatni talab qiladi.

Siz "Manchester Yunayted"ning gullab-yashnashini istaysiz, biz ham aynan shu niyatdamiz. Sportda hech qachon biror narsaga kafolat berilmaydi va o'zgarishlar hamisha malum vaqt talab etadi. Biz uzoqni ko'zlab qarorlar qabul qilishni istaymiz va "Manchester Yunayted"ni o'z o'rniga — ingliz, Evropa va dunyo futboli cho'qqisiga qaytarishni xohlaymiz. Men bunga jiddiy kirishdim va masuliyatni his qilyapman".

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLning 6-pog'onasini egallab turibdi. Kecha 19-tur doirasida "qizil iblislar" "Aston Villa"ni mag'lubiyatga uchrata olishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика