Reshford MYUda 23 yil oldingi natijani takrorladi. SHu bilan birga u golli seriya bo'yicha Ronaldu bilan tenglashdi
15 jan 2023 08:10
Yangiliklar


Reshford MYUda 23 yil oldingi natijani takrorladi. SHu bilan birga u golli seriya bo'yicha Ronaldu bilan tenglashdi
Angliya chempionati 20-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida hamshahari “Manchester Siti” ustidan irodali g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etgan Markus Reshford qatorasiga 9 o'yindan beri “Old Trafford”da gol urib kelmoqda. “Qizil iblislar” safida oxirgi marta bunday natijaga 2000 yil noyabrida Teddi SHeringem erishgandi.
SHuningdek, 25 yoshli ingliz barcha musobaqalarda ketma-ket 7 uchrashuvdan beri gol urib kelmoqda va u MYUda 2008 yil Krishtianu Ronaldu tomonidan qayd etilgan natijani ham takrorlashga erishdi. Ikkala futbolchi hisobida 8 tadan to'p bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar