Reshford: "Manchester Yunayted" "Liverpul" bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdi"
21 okt 2019 11:05
Yangiliklar


Reshford: "Manchester Yunayted" "Liverpul" bilan o'yinda 2 ochko yo'qotdi"
"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford "Liverpul" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
APLning 10-turiga kelibgina MYU "Liverpul"dan ochko tortib oldi.
O'yinda dastlab Markus Reshford hisobni ochgan bo'lsa, o'yin so'nggilarida "Liverpul" hisobni tenglashtirdi.
"Bugun "Liverpul" 1 ochko ishlab oldi, biz esa 2 ochko yo'qotdik. Afsus, bu o'yin juda muhim edi. Agar biz hamma uchrashuvlarda hujumga o'tib o'ynasak, bunga juda kam jamoa dosh bera oladi.
Ammo, biz to'xtab qoladigan bo'lsak, yana muammolar boshlanadi. Endilikda Evropa Ligasi o'yiniga tayyorlanishimiz kerak", - deydi Reshford.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar