Reshford: “Aynan shunday vaziyatlar uchun ham sen futbol o'ynaysan”
07 mar 2019 07:49
Yangiliklar


Reshford: “Aynan shunday vaziyatlar uchun ham sen futbol o'ynaysan”
“Manchester Yunayted”ga PSJ ustidan g'alabani taqdim etgan golga mualliflik qilgan Markus Reshford o'yindan so'ng fiklari bilan bo'lishdi.
1/4 finalga chiqilgani haqida
— O'yindan oldin hammasi bizga qarshidek edi. Ammo biz bunga tayyor edik. Biz esa nimaga loyiq ekanligimizni ko'rsatdik va o'zimizga kerakli natijaga erishdik.
11 metrlik jarima zarbasidan gol haqida
— Sovuqqonlikkni saqlab qolishni xohladim, xolos. Sen buni har kuni mashg'ulot qilasan. Penaltni amalga oshirish — eng qiyin holatlardan biri, ammo aynan shunday vaziyatlar uchun ham sen futbol o'ynaysan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar