So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

REPORTAJ. "Bunyodkor" akademiyasida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi Yangiliklar

REPORTAJ. "Bunyodkor" akademiyasida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

"Bunyodkor" akademiyasida ommaviy futbolni rivojlantirishga qaratilgan tadbir haqida.

OFK tomonidan ikki yulduzli maqomini olgan "Bunyodkor" akademiyasida ommaviy futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha qator ishlar olib borilyapti. 

Hususan oktyabr oyidan boshlab haftaning har shanba kuni o'z iqtidorini namoyon qilish istagida bo'lgan 5-10 yosh toifasidagi bolalar uchun akademiyada ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tmoqda. Bolalar  qabuli mutlaqo bepul etib belgilangan. Bugun esa mazkur tadbirning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Erta tongdan boshlangan ochiq eshiklar kunida ko'plab bolalar o'z ota-onalari hamrohligida tashrif buyurib  davrasida to'p tepish imkoniga ega bo'lishdi. Akademiya murabbiylar ularning harakatini kuzatib borganini aytish mumkin. SHuningdek, turli eguliklar, tadbir so'ngida esa esdalik sovg'alari tortiq qilinganini qo'shimcha qilish darkor.


"Bunyodkor" bosh direktori Aziz Haydarov mazkur tadbirdan bosh maqsad nima ekanligi haqida batafsil to'xtalib o'tdi. 

— Buni avvaldan rejalashtirgan edik. Faqat ochilish kuni aniq emasdi. Qaysidir manoda yangilik sifatida qabul qilish mumkin. Ochiq eshiklar kunida albatta futbolchi bo'lish shart emas.Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga o'z hissamizni qo'shishni istaymiz.  O'z oilalari bilan kelib, futbol havosidan bahra olishsa bas. Maydonda to'p tepayotgan bolalar orasidan iqtidorini ko'rsak, o'zimizga taklif qilamiz. Umuman olganda futbol bayrami qilib berishga harakat qilmoqdamiz. Boshlanishi doim qiyin. Bu ananaviy o'tadi. Kamchiliklarimizni to'g'irlashga intilamiz.  

Eng muhimi "Bunyodkor"ga muxlislarni qaytarishimiz zarur. Bizni qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozlarimiz uchun harakat qilamiz, deb baralla ayta olaman.  




QOLGAN SURATLARNI SAYTIMIZNING GALEREYA BO'LIMIDA TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN 


Suratlar muallifi: Xurshida Abdikulova 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика