Renatu Sanshesh tug'ilgan tug'ruqxona uning yoshini hujjat bilan isbotladi FOTO

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2016, 10:18
Bavariya yarim himoyachisi Renatu Sanshesh tug'ilgan Hospital Amadora-Sintra tug'ruqxonasi futbolchining haqiqiy yoshini isbotlovchi hujjatni taqdim etdi.

Hujjatga ko'ra, Sanshesh haqiqatdan ham 1997 yil 18 avgustda tug'ilgan.

Sansheshning ota-onasi ajrashishgach futbolchining tug'ilgan sanasi faqatgina 2002 yilga kelib ro'yxatdan o'tkazilgan.

Renatu tug'ilganidan 5 oy o'tib uning otasi Fransiyaga ko'chib ketgan, shu bois otasi Portugaliyaga qaytganidan keyingina bolaning tug'ilgan sanasi ro'yxatdan o'tkazilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dn.pt