"Roma" xavbeki yanvarda klubni tark etadi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2023
"Roma" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh yanvarda klubni tark etmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalik muddatidan avval (ijara mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan edi) PSJga qaytadi.

Ammo, Sanshesh parijliklarning ham rejalariga kirmaydi va katta ehtimol yana ijaraga yuboriladi. O'yinchini shuningdek "Galatasaroy"ga ham taklif etishgani haqida xabarlar bor.

Renatu Sanshesh joriy mavsum "Roma" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira