Renan Lodi faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
13 may 2021 11:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636651_original.jpg)
![](/upload/storage/636651_220.jpg)
Renan Lodi faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
"Atletiko" va Braziliya terma jamoasining 23 yoshli hujumkor qanot himoyachisi Renan Lodi faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga "Lion" ehtiyoj sezmoqda. Franciya klubida ayni dam chap qanot himoyasida faqat 24 yoshli Maksvell Korne o'ynashi mumkin. Bundan tashqari, ushbu poziciya ivuarlik uchun eng qulay joy emas.
Braziliyalik futbolchi "Atletiko"da o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etmadi. Futbolchiga Ispaniyaga 2019 yilning yozida kelgan edi. "Matraschilar" futbolchi uchun 20,6 million evro to'lashgan. Lodi La Ligadagi 20ta o'yinda atigi 2ta assist qayd etdi.
Renan Lodining "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar