So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  1 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  2 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   6 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   4 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  12 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Reglamentda o'zgarishlar Yangiliklar

Reglamentda o'zgarishlar

Teglar :  ReglamentPFL
O'zbekiston professional futbol ligasi 2016 yilgi mavsum uchun yangi Reglament ishlab chiqdi.

“Nohavaskor va yarim professional futbol klublari” o'rtasidagi musobaqalar uchun ishlab chiqilgan mazkur Reglamentga bir qator yangi qoidalar va o'zgartirishlar kiritildi. Biz bugun Reglamentga kiritilgan yangi qoidalar va o'zgarishlarning etiborga moliklari bilan tanishtiramiz.
Keling, avval PFL ishlab chiqqan Reglament nechta bo'limdan iborat ekanligi haqida malumot bersak. CHunki quyida bu orqali o'zgarishlar qaysi bo'limlarda amalga oshirish mumkinligini bilib olish mumkin bo'ladi. Oldinga o'tib aytish mumkin, xuddi avvalgi yillarda bo'lgani kabi, 2016 yil uchun ishlab chiqilgan Reglament ham 19 bo'limdan iborat bo'ldi. Bo'limlarning nomlanishida ham deyarli o'zgarishlar yo'q.

BO'LIMLAR
1.  Maqsad va vazifalar
2.  Musobaqa tashkilotchisi
3.  Futbol klublariga qo'yiladigan talablar
4.  Ishtirokchilar va musobaqa o'tkazish shartlari
5.  Musobaqani o'tkazish joyi
6.  Hujjatlar va ularni to'ldirish tartibi
7.  Moliyaviy masalalar
8.  Viloyat federaciyalarining, futbol klublarining va futbolchilarning majburiyatlari
9.  Musobaqadagi hakamlik
10. Musobaqa nazoratchilari va O'zPFL vakili
11. O'zPFL vakili
12. G'oliblarni aniqlash
13. O'zbekiston Kubogi – 2016 haqida
14. Ikkinchi liga musobaqasining ikkinchi bosqichini o'tkazish tartibi
15. Musobaqa g'oliblarini aniqlash
16. SHikoyatlar. Hakamlarning qaroriga etiroz
17. O'FF qoshidagi "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish" qo'mitasi Nizomi
18. O'FF appelyacion qo'mitasining Nizomi
19. Texnik Reglament


O'ZGARISHLAR
Avval
3.16. Jismoniy shaxs ikki yoki undan ortiq klubning ovoz berish huquqini beruvchi akciyasiga ega bo'lish mumkin emas.
Hozir
3.16. Hech bir jismoniy yoki yuridik shaxs, klub boshqaruvi, mamuriyat yoki faoliyatida bevosita va bilvosita:
a) bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klubning qimmatli qog'ozlarini, akciyalarining egasi bo'la olmaydi;
b) bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klubning ovoz berish imkoniyatini beruvchi akcioneri bo'la olmaydi;
v) bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klubning xodimlarini, boshqaruv organi va mamuriyatini ishdan bo'shatib, ishga joylashtira olmaydi;
g) bir klubning akcioneri bo'lgan inson bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klubning akcioneri, yagona boshqaruvchisi azosi bo'la olmaydi;
d) bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klub azosi bo'la olmaydi;
e) bir vaqtning o'zida bitta musobaqada ishtirok etadigan ikkita klubning mamuriyatida, boshqaruv organida ishlay olmaydi;
j) klub boshqaruv tizimida hech qanday mavqeiga ega emas;
z) aynan shu musobaqa ishtirokchisi bo'lgan boshqa bir klubning boshqaruv tizimi, mamuriyati yoki sport faoliyatiga biriktirilishi mumkin emas.

Avval
4.8. O'zbekiston Birinchiligining 2015 yilgi mavsumida 2-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa oliy ligada 15-pog'onadan joy olgan klub bilan (betaraf maydonda) o'tish o'yinida maydonga tushadi.
Hozir
4.8. O'zbekiston Birinchiligining 2016 yilgi mavsumida 2-o'rinni qo'lga kiritgan (oliy liga farm-klublaridan tashqari) jamoa oliy ligada 15-pog'onadan joy olgan klub bilan (qo'shimcha Nizom asosida, betaraf maydonda) o'tish o'yinida maydonga tushadi.
- O'zbekiston Birinchiligining 2016 yilgi mavsumini turnir jadvalining 17-, 18-o'rinlarida yakunlagan klublar O'zbekiston Birinchiligining 2017 yilgi mavsumida ishtirok etishdan mahrum bo'ladi.

Avval
4.13. Oliy va birinchi liga klublarining futbol maktablari ikkita yosh toifasida O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etadi:
- Katta yoshlilar – 1999-2000 yillarda va undan keyin tug'ilganlar;
- Kichik yoshlilar – 2001-2002 yillarda va undan keyin tug'ilganlar;
Hozir
4.13. Oliy va birinchi liga klublarining futbol maktablari uchta yosh toifasida O'zbekiston Birinchiligida ishtirok etadi:
- Katta yoshlilar – 1998-1999 yillarda va undan keyin tug'ilganlar;
- O'rta yoshlilar – 2000-2001 yillarda va undan keyin tug'ilganlar;
- Kichik yoshlilar – 2002-2003 yillarda va undan keyin tug'ilganlar;

Avval
4.15. Uchrashuv qaydnomasini faqatgina jamoa boshlig'i, bosh murabbiy yoki katta murabbiy to'ldirishi va imzo qo'yishi mumkin. Yoshlar Birinchiligida qaydnomani jamoa murabbiyi, javobgar rasmiy to'ldirishi va imzo qo'yishi mumkin.
Hozir
4.15. Uchrashuv qaydnomasini faqatgina jamoa boshlig'i, bosh murabbiy yoki katta murabbiy (qaydnomadan o'rin olgan rasmiy shaxs) to'ldirishi va imzo qo'yishi mumkin. Yoshlar Birinchiligida qaydnomani jamoa murabbiyi, javobgar rasmiy to'ldirishi va imzo qo'yishi mumkin (qaydnomadan joy olgan rasmiy shaxs).

Avval
4.29.  Oliy liga jamoalarining asosiy tarkib futbolchilarini libosining orqa-yuqori qismida 7,5 sm o'lchamda o'yinchining licenziyasidagi familiyasi hamda personal raqami yozilishi kerak;
Hozir
4.29.  Oliy liga jamoalarining futbolchilarini libosining orqa-yuqori qismida 7,5 sm o'lchamda o'yinchining licenziyasidagi familiyasi hamda personal raqami yozilishi kerak;



Avval
5.3. Mezbon jamoa va stadion rahbariyati uchrashuv uchun quyidagilarni tayyorlab qo'yishi shart:
- uchrashuv vaqtida stadionda bo'lishi kerak bo'lgan tez tibbiy yordam (imkoniyat bo'lsa, reanimacion avtomobil) va o't o'chirish mashinasi o'yin boshlanishidan 30 daqiqa avval etib kelishi lozim;
Hozir
5.3.
- uchrashuv vaqtida stadionda bo'lishi kerak bo'lgan tez tibbiy yordam (imkoniyat bo'lsa, reanimacion avtomobil) va o't o'chirish mashinasi (muxlislar soni 100 nafardan oshsa) o'yin boshlanishidan 30 daqiqa avval etib kelishi lozim;

Avval
Yo'q
Hozir
6.3 Legioner (O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan) darvozabonni jamoa ro'yxatini kiritish taqiqlanadi;

Avval
6.13 Davralar oralig'idagi transfer oynasi 16 iyul – 15 avgust kunlari ochiq bo'ladi.
Hozir
6.13 Davralar oralig'idagi transfer oynasi 11 iyul – 8 avgust kunlari ochiq bo'ladi.

Avval
7.2 Oliy liga klublari uchun badal puli 110 000 000 so'm.
Hozir
7.2 Oliy liga klublari uchun badal puli 150 000 000 so'm.


Hozir
7,5. Oliy liga va yoshlar birinchiligida ishlaydigan hakamlarning har bir o'yinni boshqargani uchun oladigan pul miqdori oshirilmagan. Faqatgina O'zbekiston Kubogi va birinchi liga musobaqasida faoliyat ko'rsatadigan hakamlarga to'lanadigan summaning miqdori biroz ko'tarilgan. Bunga jadvalda guvoh bo'lishingiz mumkin.



Avval
8.5
a)  Bosh murabbiyning yillik tayyorgarlik ish rejasi O'FFning texnik qo'mitasiga taqdim qilinadi;
Hozir
8.5
a)  Bosh murabbiyning yillik va yarim yillik tayyorgarlik ish rejasi O'FFning texnik qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
Avval   
Yo'q
Hozir
15.2 Agar chempion nomi muddatidan avval aniqlansa, taqdirlash mavsum yakunlanganidan so'ng o'tkaziladi.

Avval
16.2. Ko'rib chiqishga qabul qilinmaydi:
- o'z vaqtida berilmagan shikoyatlar;
- uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan shikoyatlar;
- hakamlarning saviyasi uchun shikoyatlar;
- SHikoyat xati uchun to'langan to'lov malumotnomasi bo'lmasa shikoyatlar qabul qilinmaydi.
SHikoyat xatida nima uchun shikoyat berilayotganining sabablari aniq va to'liq ko'rsatilgan bo'lishi kerak (yani, Reglament yoki futbol qoidalari buzilganligi to'g'risida).
Hozir
16.2. Ko'rib chiqishga qabul qilinmaydi:
- o'z vaqtida berilmagan shikoyatlar, etirozlar;
- uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan shikoyatlar;
- hakamlarning saviyasi uchun shikoyatlar;
- hakam qoniqarsiz baho olmagani uchun etiroz;
- SHikoyatlar, etirozlar uchun to'langan to'lov malumotnomasi 48 soat ichida taqdim qilinmasa qabul qilinmaydi.
SHikoyat xatida nima uchun shikoyat berilayotganining sabablari aniq va to'liq ko'rsatilgan bo'lishi kerak (yani, Reglament yoki futbol qoidalari buzilganligi to'g'risida).

Avval
16.11. Quyidagi holatlar to'lovlar qaytarilishiga kifoya:
SHikoyat va etiroz xatida keltirilgan faktlar tan olinsa, Reglament buzilgani isbotlansa.
Agar klub shikoyat va etiroz xatini 72 soat ichida qaytarib olsa, jamoaga nisbatan hech qanday chora qo'llanilmaydi va pul qaytarib beriladi.
O'yin qaydnomasida hakamlar ustidan etiroz bo'lsa, keyinroq klub bu etirozni qaytarib olsa yoki video lavhalar bilan "raport" taqdim qilmasa, 1 000 000 so'm miqdorida jarimaga tortiladi.
Hozir
16.11. Quyidagi holatlar to'lovlar qaytarilishiga kifoya:
SHikoyat va etiroz xatida keltirilgan faktlar tan olinsa, Reglament buzilgani isbotlansa.
Agar klub shikoyat va etiroz xatini 48 soat ichida qaytarib olsa, jamoaga nisbatan hech qanday chora qo'llanilmaydi va pul qaytarib beriladi.
O'yin qaydnomasida hakamlar ustidan etiroz bo'lsa, keyinroq klub bu borada O'zPFLga hech qanday malumot taqdim qilmasa, Reglamentning 16.3 bandiga muvofiq 3 million so'm miqdorida jarimaga tortiladi.



Avval
Yo'q
Hozir
19.18 Klub matbuot kotibi safar uchrashuvlarida va matbuot anjumanida qatnashishi kerak.

Avval
Yo'q
Hozir
19.22. Oliy liga matbuot kotiblari uy uchrashuvi hisobotini (qaydnoma nusxasi, foto va hokazo) PFL rasmiy elektron pochtasiga jo'natishi kerak.

Furqatbek NISHONOV

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика