So’nggi yangiliklar

16:42Беллингем: "Гол урмаганимга анча бўлганди"  0 16:13Никола Лазаревич: "Бу йил "Насаф" фаворит. Ўзбекистон Каннаваро билан ҳам яхши натижага эришиши мумкин"  0 15:46"Челси" Сатпаевни ижарага беришни режалаштирмоқда  0 15:19"Голсиз артиллерия": "Монако"дан антирекорд  0 14:57"Пахтакор" академияси энг яхши мактаблар юзталигига кирди  2 14:52Куртуа "Реал" сафидаги юбилей ўйинини ўтказди  0 14:25"Андижон" Баҳрайн жамоаси билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:00"Милан" ҳимоячиси билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Ливерпуль" Салоҳни 12 ўйинга йўқотиши мумкин  4 13:03Суперлига. 26-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Шўртан"да йўқотишлар мавжуд  1 12:34Слот "Ливерпул"нинг 2 футболчиси жароҳат олганини маълум қилди  0 12:06Ўзбек клубларининг бағрига шамол тегадиган бўлдими?   4 11:48Антони ЙТҲда ҳалок бўлди  5 11:22Ла Лига президенти Хавьер Тебас "Барселона"нинг АҚШдаги ўйини бекор қилингани ҳақида кескин баёнот берди  5 10:30ОФК адолатсиз ташкилотми ёхуд нега Япония ОФКни тарк этмоқчи?  8

O'zbek klublarining bag'riga shamol tegadigan bo'ldimi? Yangiliklar

O'zbek klublarining bag'riga shamol tegadigan bo'ldimi?

Bir necha kun avval xabar qilganimizdek, yangi mavsumdan boshlab PFL tarkibidagi OFK Licenziyasiga ega klublar uchun ayollar va futzal jamoalariga ega bo'lish bandi majburiy emas etib bekor qilindi.

Bu qaror avvalga qaraganda oddiy tuzatishdek tuyulishi mumkin, ammo aslida u klublarimiz iqtisodiy barqarorligi va tizimli rivojiga jiddiy tasir ko'rsatadigan masala.

1. Klubning haqiqiy maqsadi nima bo'lishi kerak?

Aslida "futbol klubi" deganda biz faqat asosiy jamoani emas, balki butun tizimni — o'rinbosarlar, yoshlar tarkibi, klub maktabi va infratuzilmasini nazarda tutishimiz kerak. Shu manoda har bir klubning bosh maqsadi aniq bo'lishi lozim:

— Futbol tizimini to'g'ri yo'lga qo'yish (yoshlar, o'rinbosarlar, infratuzilma poydevor)

— milliy terma jamoaga futbolchi etkazib berish;

— o'z akademiyasidan etishib chiqqanlarni katta futbolga olib chiqish;

— ichki tizimda barqaror moliyaviy aylanmani yo'lga qo'yish.

Ammo so'nggi yillarda bu maqsadlar chetga surilib, klublar "majburiyatlar qurboni"ga aylangandi. OFKning talabi asosida klublarimizdan futzal va ayollar jamoalarini ham qamrab olish so'raldi. Shuning natijasida, allaqachon moliyaviy jihatdan ojiz klublar uchun bu  biroz ortiqcha yukka aylandi.

Eng yomoni, ko'plab klublar asosiy jamoasini ham zo'rg'a moliyalashtirayotgan bir paytda, ulardan yana ikki yo'nalishni ham qamrab olish talab qilindi. Bu esa samara emas, hisobot uchun ishlaydigan suniy jamoalar (ayollar, futzal va hokazo) paydo bo'lishiga olib keldi.

Haqiqat shundaki, klubdagi mablag', inson resursi va tashkiliy salohiyat avvalo asosiy klub va uning tizimiga yo'naltirilishi lozim. Klubda barcha resurs, imkoniyat futbolga xizmat qilmasa, yoshlar tizimi ham, akademiya ham o'z ahamiyatini yo'qotadi. Shu nuqtai nazardan OFK talabining bekor qilinishi — nafaqat engillik, balki mantiqiy qaror hamdir. Endi har bir klub o'z resursini qaerga sarflashni o'zi belgilaydi: ayollar jamoasimi, futzalgami yoki maktabigami — qaror klub ixtiyorida. Aniqrog'i majburiyat degan narsa yo'q. Faqat maqsad degan narsa bor. 

2. Futzal — o'z yo'lini topmoqda. Navbat ayollar futboliga

So'nggi yillarda futzalimizda ijobiy o'zgarishlar sezila boshladi. Eng muhimi — O'zbekiston Futzal federaciyasi mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritmoqda. Buni men shaxsan futbolimiz uchun muhim qadam deb hisoblayman.

Bekzod Mamatqulov va “BMB Xolding”ning bu sohadagi tashabbuslari tufayli futzalga ham moliyaviy, ham tashkiliy echimlar kirib keldi. Demak, endi futzal jamoalari o'z muammosini eshitadigan va hal etadigan muassasaga ega. Bu — futbol tarmog'ining tabiiy sog'lomlashuvi belgisi.

Navbat ayollar futboliga. Bu sohada ham alohida tizim zarur. Hozircha ko'plab klublarda ayollar jamoasi faqat “hisob uchun” tashkil qilingan, bu esa rivojlanishni to'xtatib qo'yadi. Agar ayollar futbolida jamoalar ham mustaqil boshqaruv yoki moliyaviy-tashkiliy bazaga ega bo'lsa, u holda bu yo'nalishda haqiqiy raqobat va o'sish boshlanadi. 

Malumot uchun, bugungi kunda ayollar oliy ligasida 10 ta, Birinchi ligasida 7 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Shu bois ayollar futboli professional klublar zimmasidan chiqarilib, alohida dastur va moliya bilan taminlanishi kerak. Bu nafaqat klublar uchun engillik, balki ayollar sporti uchun ham yangi imkoniyat bo'ladi.

3. Reglamentda o'zgarish

Aslida, OFK bir qator talablarini joriy etishda “barchaga bir standart” tamoyilidan kelib chiqqan edi. Lekin bu yondashuv Osiyoning turli mamlakatlaridagi iqtisodiy real holatni inobatga olmadi. Saudiya, Qatar yoki BAA klublari uchun ayollar va futzal jamoalari — kichik sarf. Ular uchun bu sohalar biznes darajasiga chiqqan.

Malumotlarga qaraganda, OFKning bu bandi reglamentda OFK musobaqalarida qatnashadigan klublar uchun tavsiya ko'rinishida qoldirilgan. Buni majburiy sifatida qoldirish yoki qoldirmaslikni davlatni o'zi hal qiladi. OFK minimal talabni belgilaydi. Har bir davlat ligasi qolgan talabani o'zidan kelib chiqib qo'shadi.

Biroq O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, hatto Eronning o'zida ham ko'plab klublar davlat yoki homiy mablag'iga tayanadi. Klublar hali mustaqil iqtisodiy asosga ega emas.

Natijada, Pro ligadagi ko'plab jamoalar moliyaviy qiyinchilik tufayli yopilib ketdi yoki faoliyatini vaqtincha to'xtatdi. Buning ildizi aynan shunda — talab haddan tashqari baland, imkoniyat esa cheklangan. Endigina Pro ligaga chiqqan jamoa o'zini “dorga osishi” kerak bo'lgan holat yuzaga kelgandi.

4. Bu imkoniyatdan kim qanday foydalanadi?

Endi klublarimiz oldida katta imkoniyat bor. Ular majburiy bo'lgan yo'nalishlardan xoli bo'lgan holda o'z koncepciyasini yaratishi mumkin. Kimdir akademiyaga etibor qaratadi, kimdir yoshlar tizimini kuchaytiradi, boshqasi transfer siyosati orqali o'zini boqadi. 

Asosiysi, bu qaror klublarga “nafas olish” imkonini beradi. Chunki sog'lom klub — bu nafaqat maydonda, balki tizmda ham sog'lom bo'lishi kerak.

Endi savol: bizdagi klublar bu imkoniyatni qanday foydalanadi? Agar ular yana faqat “jon saqlash” rejimida ishlasa, bu engillikning ham foydasi bo'lmaydi. Avval smetaga kiritilgan futzal va ayollar futboliga ajratiladigan mablag'ni poydevorga sarflashsa, o'rinbosarlar, U-19 jamoalari ham asosiy jamoadek bir xil sharoitga ega bo'lsa bu ularning ertangi kuni uchun foyda. Endi klublarning qo'lida faqat futbol qoldi, xolos. 

Futzal o'z yo'lini topdi, endi navbat ayollar futboli va klub tizimlarini sog'lomlashtirishda. Agar bu jarayon oqilona boshqarilsa, yaqin yillarda o'zbek klublari nafaqat maydonda, balki tashkilotchilikda ham yangi bosqichga ko'tariladi. 


Lekin tomoni ham borki, bizda barcha ayollar jamoalarining moliyalashtirilishi, boshqaruvi Superliga, Pro liga jamoalariga tegishli. Bu band olib tashlangandan so'ng bizda nechta ayollar va futzal jamoasi qolar ekan degan savol ham yo'q emas. Buni ham o'ylab ko'rish lozim.

Reyting:    

Fikrlar

+3   
23 okt 12:52:42
Abdug'ofur Ishonqulov
Аёллар футболи умуман керак эмас.
+3   
23 okt 12:21:22
Ўзбек футболининг муҳлиси
Лекин Осиё майдонларидаги шамол клубларимизни узоқларга учириб юборяпти
   
23 okt 16:38:54
ЮВЕНТУС-10
Тугрида кайси ахмоклардан чиккан фикр футзал аеллар футболини професонал футбол билан боглаб куйиш калласига курт тушганлар шунака киб кетганди шунча йил утиб хаёли жойига келди хозирги рахбарларни майли шунисига хам шукур.
   
23 okt 15:03:40
Karimov Maqsud
Ппп
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика