Rednapp: "Kelasi mavsum APLda "Arsenal" kuchli oltilikka kiradi deb o'ylamayman, xuddi "Manchester Yunayted" kabi"
28 iyu 2019 20:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/503784_original.jpg)
![](/upload/storage/503784_220.jpg)
Rednapp: "Kelasi mavsum APLda "Arsenal" kuchli oltilikka kiradi deb o'ylamayman, xuddi "Manchester Yunayted" kabi"
"Tottenxem" sobiq murabbiyi Xarri Rednapp APLning kelasi mavsumida "Arsenal" va MYUning imkoniyatlarini past baholadi.
"Keyingi mavsum Angliya chempionatida kamida bitta grand klubni kuchli oltilikdan tushib qolganini ko'rishimiz mumkin. "Arsenal"ning himoya chizig'iga ishonmayapman. Hozircha ular umuman futbolchi sotib olishmayapti va kelasi mavsum top-6likda bo'lmasa kerak. Bu gap "Manchester Yunayted"ga ham taaluqli. Van-Bissakaning kelajagi porloq. Ammo, o'ylashimcha mankunianliklarga 4-5 yoki 6 yangi futbolchi kerak. Klubning o'yinini qayta tashkil qilish maqsadga muvofiq. Yangi mavsumda "Everton", "Vest Xem" va xattoki "Vulverxempton"dan ajoyib o'yinlar kutmoqdaman", – deydi Rednapp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar