"Real"dagilar David Alabadan norozi

Omonjon To`xtamirzayev
22 mar 2023, 14:34
"Real" himoyachisi David Alaba "qirollik klubi" shifokorlari maydonga qaytishga hali ruhsat bermaganiga qaramay, Avstriya termasi qarorgohiga yo'l oldi.

Takidlanishicha, futbolchining o'zi bu qarorni qabul qilgan, sababi u terma sardori hisoblanadi va maydonga tusha olmasa ham, jamoaning ichki atmosferasiga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqchi.

"Real" vakillari bunday harakatni unchalik iliq baholashmadi. Ularning fikricha, Alaba Madridda qolib, tiklanish jarayonini yakunlagani maqulroq bo'lardi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV