So’nggi yangiliklar

18:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК" (матнли трансляция)  10 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  1 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  10 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  9 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  6 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  19 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  7 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  17 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  5 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  17

"Real"da hamma narsa o'zgar... To'xtang. "Real"ga nima bo'lyapti? Yangiliklar

"Real"da hamma narsa o'zgar... To'xtang. "Real"ga nima bo'lyapti?

Revolyuciyaning yarmi amalga oshdi, biroq keyin hammasi to'xtab qoldi.

"Selta"ga qarshi birinchi tur uchrashuvida maydonga tushgan 11 futbolchi o'tgan mavsum ham "Real"da o'ynashgan. Yodingizda bo'lsa kerak, ammo eslatib qo'yaman: "Real" yozda yangi futbolchilar uchun 303 mln. evro sarfladi. Bu joriy mavsumning rekordi: Hozircha hech kim ulardan ko'p pul ishlatgani yo'q.


Ammo Zinedin Zidan yangilardan hech kimni maydonga tushirmadi, buning ustiga Garet Beylni asosiy tarkibga kiritdi. Uelslikning ketishi shunchalik oydin ediki xatto Zidanning o'zi ham bu haqida gapirgandi. "U ertagayoq jamoani tark etsa, hamma uchun yaxshi bo'ladi" - degan edi Zidan 21 iyul kuni. SHanba kuni o'yindan so'ng murabbiy u qolishini tasdiqladi.

Bu absurd yoki ahmoqlik emas. Bu xatto Zidanning istagi ham emas. "Real"ga jarohatlar zarba berdi.

Bir necha hafta oldin revolyuciya reja bo'yicha ketayotgandi. Klub 6 futbolchini sotib oldi. Mendi - Marseloga haqiqiy raqobatchi bo'la oladigan himoyachi. U boshqa uslubda o'ynab, raqib maydonida pressing uyushtirishga qodir. Militao taktik sxemada tajriba qilishga imkon beradi, uning asosiy vazifasi ko'p jarohat oladigan Varan o'rnini to'ldirish. Yovichda Benzemada yo'q hislat bor: U vaziyatlardan unumli foydalanishni biladi. Azar - jamoaning yangi yulduzi, o'tgan mavsum "Real"ga aynan u etishmadi. "Qirollik klubi"ning yangi uslubi uning atrofida quriladi. Aqlli va to'g'ri xaridlar. Keyin muammolar boshlandi.


Asensio jarohat tufayli deyarli mavsumni to'lig'icha o'tkazib yuboradi. Braim Dias, Mendi, Rodrigo va Azar ham jarohat olishdi. Transferdan so'ng Yovich ham shikastlandi va oyoqqa turishga ulgurdi. Ehtimol, Antonio Konte boshqaruvidagi "Inter"ga ketgan fizioterapevt Antonio Pintush jiddiy yo'qotish bo'lgandir. Lekin uning o'rniga kelgan Gregori Dyupont ham o'z ishining ustasi. XXI asr boshidagi "Lill"ning tarixiy yutuqlari( Franciya chempionatida to'rt marta 3-o'rin, ikki marta 2-o'rin, chempionlik va mamlakat kubogi)ga katta hissa qo'shgan. SHuningdek, Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Franciya terma jamoasi fizioterapevti bo'lib ishlagan. Har qanday o'yinchining shikastlanishi yoqimsiz holat. Biroq Azarning jarohati ajralib turadi. CHunki "Real"dagi jiddiy o'zgarishlarda aynan ushbu vinger asosiy rol o'ynaydi. 



Taktika haqida to'xtalamiz

Karlo Anchelotti davridan "Real" Krishtianu Ronalduga moslashga taktikada o'ynab kelgan. Ronaldu jarima maydoni ichida to'pga bir marta tegadigan hujumchiga aylanganida, "Real" uslubi soddalashgan. Bu taktikada asosiy vazifa - to'pni raqib jarima maydonchasiga etkazish, qolganini Krishtianu uddalaydi. 2013-2018 yillarda "Real" bitta o'yindagi krosslar bo'yicha Ispaniyada kuchli uchlikda bo'lgan. O'tgan mavsum esa bu natijada pasayish kuzatildi (beshinchi o'rin), ammo jarima maydonchasiga uzatmalar "Atletiko" va "Barselona"nikidan ko'p. Ronaldu yo'qligida o'yin uslubi jiddiy o'zgarmadi, biroq bu taktika foyda keltirmay qo'ydi.


G'oya bo'yicha Azarning transferi muammolarning echimi bo'ladi. Endi jamoa Azar atrofida quriladi. Belgiyalik jarima maydonchasi ichida o'ynaydigan futbolchi emas va u to'pni erda bo'lishini xush ko'radi. Demak, "Real" boshqacha o'ynashi kerak. Na Mourinyu, na Konte va na Sarri "CHelsi"da Azar bilan uzatmalarga tayanib o'ynamagan.

Azarga moslashgan taktika tuzish - Zidan uchun katta chaqiruv. Madriddagi ikki yarim yillik muvaffaqiyatli yildan so'ng u har qanday tanqidga qo'lga kiritgan kuboklari bilan javob berishi mumkin edi, ammo bir savol hali ham javobsiz qolgan. Zidan qanday murabbiy?


Zidan ikki yarim yil davomida voqealarga to'g'ri reakciya bildirdi va vaziyatga qarab qaror qabul qildi, ammo katta o'zgarishlarga qo'l urmadi. O'zgarishlar bilan o'ynash, uchrashuvni nazorat qilish yuqori darajada edi. Zidanning pozicion hujumlari haqida hech narsa bilmaymiz. Balki u jamoani yuqori pressingga o'rgatar? Bilmaymiz. Xatto bu uning rejasida bormi yoki yo'q, bu haqida malumotga ega emasmiz.


Azarning Xalqaro CHempionlar Kubogi o'yinlaridagi maksimal ishtiroki bu savolga javob bera olmadi. "Real" turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, tarkib bilan turli tajribalar o'yin asosi qanday ekanligini ko'rishga imkon bermadi.


Azarning jarohati tufayli vaziyat og'irlashdi: Zidan mavsum davomida uslubni o'zgartirishga majbur bo'ladi. Birinchi turda nafaqat tanish tarkib, balki tanish o'yinni ko'rdik: Madridliklar raqibini butun o'yin davomida emas, muhim vaziyatlarda taslim etdi. Birinchi ikkita gol - Beyl va Kroosning individual harakatlari mahsuli, uchinchisi esa eski xotiralarni yodga soldi. O'yin oxirida Zidan sxemani o'zgartirdi (uchta emas, to'rtta yarim himoyachi o'ynay boshladi), Vaskes qarshi hujumda gol urdi - buni hammamiz ko'rganmiz.


Tarkib haligacha yig'ilmagan

Azar va Mendi jarohatlari "Real"ni "pauza"ga qo'ygan yagona sabab emas. Jamoaga markaziy yarim himoyachi etishmayapti. Bu vaziyat Florentino Peres murabbiylar bilan transfer tufayli janjallashgan damlarni eslatadi.


Pol Pogba, Kristian Eriksen va Donni van de Bek. Ularning uslubi bir-birinikiga mos tushadimi? Pogba to'p bilan ishlashda kuchli, pozicion o'yinda esa aksincha. Van de Bek pozicion o'yinda to'psiz yaxshi harakat qiladi va pressingda o'zini ko'rsatishga qodir. Eriksen - universal, "Tottenxem"da gohida hujumchi ortidagi futbolchi yoki tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajaradi. U har qanday top-klubga mos tushadi, ammo van de Bek va Pogbaning o'yini bir xil emas. Bunday futbolchilarni qanday qilib bir-biriga zaxira transfer sifatida ko'rish mumkin. Eriksenni xarid qilish uchun shu sababning o'zi etarli.


Modrich-Kroos-Kasemiro uchligiga rollar juda to'g'ri taqsimlangan. Bu yigitlar ketma-ket uch yil CHempionlar ligasini yutishda muhim rolni o'ynashdi. Biroq ularning hech biri so'nggi ikki yilda o'sishga erishmadi, ammo 2019/20 mavsum startida ularni o'ynatishdan boshqa variant yo'q.

Absurd vaziyat: Klub transferlarga 300 mln. evro sarfladi, biz esa ular qanday o'ynashini bilmaymiz. Bu bo'rttirish emas: Pogba va van de Bek bilan o'yin uslubi farq qiladi. Kamida pressingga bo'lgan yondashuv bo'yicha. Umuman olganda, "Real"da haqiqatdan ham revolyuciya bo'lmoqda. Faqat u o'rtada to'xtab qoldi, u qachon yakunlashini esa natijaga javobgar inson ham bilmaydi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика