"Real" yaqin kunlarda Benzemaga yangi shartnoma taklif qiladi
19 may 2021 07:10
Yangiliklar


"Real" yaqin kunlarda Benzemaga yangi shartnoma taklif qiladi
"Real" Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, madridliklar yaqin kunlarda futbolchiga 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif etadilar.
Futbolchi va klub o'rtasidagi hozirgi kelishuv 2022 yilning yozigacha davom etadi.
Malumot uchun, 33 yoshli Benzema ushbu mavsumda La Liga doirasida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar