"Real" uchta transferni amalga oshiradi
18 apr 2025 12:10
Yangiliklar
"Real" uchta transferni amalga oshiradi
COPE nashrining xabar berishicha, "Real" yozda tarkibini kuchaytirish maqsadida bir nechta nomzodlarni ko'zdan kechirmoqda.
Himoyaga nomzodlardan biri – allaqachon shartnoma imzolagan Trent Aleksander-Arnold bo'lib, u o'ng qanotdagi joy uchun Dani Karvaxal bilan bellashadi. Chap qanot uchun "Real" boshqa variantlarni ko'rib chiqadi, chunki hozirda jarohatdagi Ferlan Mendining klubdagi kelajagi nomalum qolmoqda.
Bundan tashqari, "Real" markaziy chiziqni kuchaytirish uchun yarim himoyachi izlamoqda va hujumchi sotib olishni ham mo'ljallamoqda. Hujum chizig'idagi o'zgarishlar yozda klubni kim tark etishiga bog'liq bo'ladi, ammo hujumni kuchaytirish uchun yangi futbolchi jalb qilinishi ham mumkin.
Katta ehtimol bilan Karlo Anchelotti 26 aprel kuni Ispaniya Kubogi finalidan so'ng "Real"ni tark etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar