"Real Sosedad" Pablo Marin bilan yangi shartnoma imzolaydi
08 noy 2022 15:18
Yangiliklar


"Real Sosedad" Pablo Marin bilan yangi shartnoma imzolaydi
Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi futbolchi Pablo Marinni uzoq muddat tarkibida saqlab turmoqchi.
Yangi kelishuvga ko'ra, Marin 2027 yilga qadar San-Sebastyan jamoasi safida qoladi. Garchi u asosiy jamoa bilan 4 tagina o'yinda maydonda ko'rinish bergan bo'lsa ham 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi klubning ayni paytdagi va kelajakdagi muhim istedodlaridan biri, deya etirof etilmoqda.
Ispaniya La Ligasida 2 ta va Evropa Ligasida 2 ta o'yinda maydonga tushirilgan ispaniyalik futbolchi jami 179 daqiqa harakatlandi va 1 bor sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar