"Real" qura natijasiga munosabat bildirdi
14 dek 2020 19:42
Yangiliklar


"Real" qura natijasiga munosabat bildirdi
"Real Madrid"ning tashqi aloqalar bo'yicha direktori Emilio Butrageno CHempionlar Ligasi 1/8 finaliga qura tashlash marosimining natijalari haqida gapirdi. Xabaringiz bor, qura "qaymoqranglilar"ni "Atalanta" bilan yuzlashtirdi.
"Eng muhimi, biz yaxshi formadamiz. Bunday holatda har qanday raqibni mag'lub qilishga qodirmiz. Tarixga nazar solsak, javob o'yinini uyda o'ynaganimizda jamoa ko'proq muvaffaqiyatga erishgan. CHunki natijaga maydon va muxlislar katta tasir o'tkazadi. Men bir nechta shunday tarixiy kambeklarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldim. Madridga ustunlik bilan qaytish uchun 1-o'yinda yaxshi natijaga erishish kerak", — Butragenoning so'zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar