“Real” Pogbani 166 million evroga sotib olishi mumkin, agar...
28 iyu 2019 07:57
Yangiliklar


“Real” Pogbani 166 million evroga sotib olishi mumkin, agar...
MYUning franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba “Real”ga o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda The Sun.
Pogbaning qirollik klubiga ko'chib o'tishi Beylning Xitoy klubiga sotilishi bilan bog'liq. Ana o'shandagina ispaniyaliklar inglizlar so'ragan 166 million evro mablag'ni to'lab bera olishadi.
Ilgariroq Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etish niyatida ekanligini oshkor etgandi. Keyinchalik uning agenti Mino Rayola ham mijozining fikrlarini qo'llab-qo'vvatlab chiqqandi.
O'tgan haftada Peres Zidanga Pogbani yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olish qiyin bo'lishi haqida aytgan, ammo franciyalik murabbiy klub rahbariyatiga yana bir bor bu masalada urinib ko'rishlari kerakligini iltimos qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar