So’nggi yangiliklar

11:232025 йилги клублар ўртасидаги ЖЧ ўтказилмаслиги мумкин  1 10:55Маурицио Сарри АПЛга қайтиши мумкин  0 10:21ПСЖ бош мураббийи ғалати сабаб билан ойлигининг ярмидан воз кечишга тайёр  1 09:40Эрик тен Хаг МЮнинг асосий муаммоси ҳақида фикр билдирди  2 08:57«Фенербахче»нинг собиқ футболчини отиб кетишди  4 08:20Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  5 08:00Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Эрон сўнгги сонияларда пенальтидан гол ура олмади, Қозоғистон мусобақа фаворитини мағлуб этди  0 07:42U-20 Осиё кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон бугун Хитой Тайпейи билан ўйнайди  1 02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  3 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  8 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0

"Real" o'z maydonida "Atletiko"ga chora topa olmadi Yangiliklar

"Real" o'z maydonida "Atletiko"ga chora topa olmadi

Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Real" - "Atletiko" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 3-tur.

"Real" – "Atletiko" 1:2

Santyago Bernabeu

Gollar
: Tiagu (10), Ronaldo (26), Arda Turan (76).

"Real"
– Kasilyas, Arbeloa (Varan, 77), Ramos, Pepe, Koentrau, Xames, Beyl (Isko, 72), Kroos, Modrich, Benzema (CHicharito, 64), Ronaldu.

"Atletiko" – Moyya, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, R. Garsiya, Gabi (Turan, 61), Tiagu, Koke, R. Ximenes (Grizmann, 64), Manjukich (Mario Suarez, 78).

Ogohlantirishlar
: Xames Rodrigez (19), Godin (22), Sikeyra (25), Mario Manjukich (41), Gabi (54), Arbeloa (63), CHicharito (67), Modrich (85), Miranda (87), Suarez (90).

 
                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                          YANGILASH


Barchaga etibor uchun tashakkur bildiramiz! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari. Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha deb qolamiz...

O'YIN TUGADI!


90+2`
Miranda ajoyib harakat qilmoqda! Qoyil!

90+2` Grizmann hisobni 3:1ga keltirish mumkin edi. To'p darvozaning orqa to'riga borib tushdi.

90+2`
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90`
Toni Krossning jarimasidan so'ng Moyya to'pni egallab oldi.

90`
Mario Suarez ham sariq kartochkani olishga ulgurdi.

89`
"Real" so'nggi choralarini ishga solmoqda. "Atletiko" yaxshi himoyalanmoqda.

88`
Xames Rodrigezning jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini Moyya o'ziniki qilib oldi.

88` Xavfli nuqtadan jarima to'pi.

87`
Miranda ogohlantirildi.

87`
"Real" muxlislari qani Ronaldo deb kutib o'tirishgani aniq. Penalti bo'lganida aniq Ronaldo tepadi. Lekin o'yindachi? Hozircha Ronaldodan darak yo'q.

86`
"Atletiko" standart vaziyatidan samara chiqara olmadi. "Real" endi oldinga o'tishga urinib ko'radi.

85`
Luka Modrich sarik kartochkaga loyiq topildi.

85`
To'p nazorati mehmonlar qo'lida.

83`
Golni takroriy lavhasini ko'rsatishdi. Diego Simeone o'zi uchun ajratilgan "VIP" lojada kichkina o'g'ilchasi bilan o'tiribdi. Goldan so'ng ota-bola bir-birini tabriklashdi.

82`
"Real" vaziyatni o'nglay olmasa ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lubiyat uchraydi. O'tgan turda "Real Sosedad" madridliklarni mag'lub etgandi.

81`
Ronaldo CHicharito tomon to'pni tashladi. Xaver Ernandez to'pga birinchi bo'lib etib kela olmadi.

79`
"Real" butun jamoa bo'lib oldinga intilmoqda. Ronaldo to'pga vaqtida etib kela olmadi. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi.

78`
Jamoalar tarkibida so'nggi o'zgarishlar amalga oshirildi. Manjukich o'rniga Mario Suarez. "Real"dan Arbeloa maydonni tark etdi. Uning o'rniga Varan tushirildi.

76` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARDA TURAN! Xuanfran qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon erlatib uzatdi. Raul Garsiya esa to'pga zarba bermay Arda Turanga o'tkazib yubordi. Arda Turan kuchli zarbasi bilan Kasilyas darvozasini ishg'ol qildi, 1:2!

76`
"Atletiko" uyg'onmoqda! Yana bir chiroyli hujum! Arda Turan boshi bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi...

75`
Hozirgina maydonga tushgan Iskodan juda noaniq zarba!

74`
Arda Turandan kuchli zarba! Xavfli zarba! To'p darvozaga aniq borganida Kasilyas yordam berolmay qolishi mumkin edi...

73`
Garet Beyl o'rniga Isko maydonga tushdi.

72`
Ronaldodan ajoyib sakrash! Krishtiano jarima maydonchasi ichidan boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin uning bergan zarbasi noaniq.

71`
Modrichning oyog'ini bosib qolishdi. Lekin hakam va laynsmen bu vaziyatni etibordan chetda qoldirishdi.

70`
O'yin jihatidan esa uchrashuv derbidek bo'lmoqda deb maqtanib ayta olmaymiz. Hozircha o'yin tempi o'rtacha.

69`
Derbi derbidek bo'lmoqda. O'yin hali tugagani yo'q va hozircha ettita ogohlantirish ko'rdik.

68`
Xaver Ernandez maydon markazida raqibini to'xtatib qolgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

67`
CHicharito debyutini sariq kartochka bilan nishonlamoqda.

66`
Ronaldo o'ng qanotni o'ziniki qilib olgan. Portugaliyalik futbolchining uzatib bergan to'piga Xames Rodrigez boshi bilan zarba berdi. O'xshamadi.

65`
"Real" safida o'zgarish ruy berdi. Benzema o'rniga CHicharito tushdi. "Atletiko"da esa Ximenez o'z o'rnini Grizmannga bo'shatib berdi.

63`
Arbeloa sariq kartochka oldi.

63`
CHicharito maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

62`
"Atletiko" burchak to'pi tepdi. Godinning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

61`
Gabi o'z o'rnini Arda Turanga bo'shatib berdi.

60`
Beylning boshi bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. Moyya bu vaziyatda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi.

59`
"Real" himoyasida bo'shliq yuzaga kelgandi. Manjukichning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. 

58`
Luka Modrichning harakatlarini qoida zid deb topdi bosh hakam. 

57`
  "Real"ning hujumi rivojlanayotgan bir paytda Ronaldo to'pni raqibiga oldirib qo'ydi.

55`
Gabi qo'polligi uchun ogohlantirildi.

54`
Diego Simeonening yordamchisi German Burgos bugun "Xorazm" bosh murabbiyi etib tayinlangan Vali Sultonovga o'xshab ketadi.

52`
"Real" himoyachilari o'z jarima maydonchalari oldida o'ynashdi va bu stadionga kelgan muxlislarni sergak tortishlariga majbur etdi. 

50`
Ikkinchi bo'limda har ikkala jamoadan yangi hujumchilarni maydonga chiqarilishini kutamiz. Karlo Anchelotti CHicharitoni maydonga tushirishi mumkin. Diego Simeone esa yordamchisiga Alessio CHerchini o'yinga tashla deb aytsa kerak. Kutamiz, ko'ramiz...

49`
"Atletiko" maydon markazidan jarima to'pini amalga oshirdi. Kokening uzatib bergan to'piga hammadan birinchi bo'lib Kasilyas egalik qildi.

48`
"Atletiko"ning hujumini Arbeloa to'xtatib qoldi.

47`
"Real" pozicion hujumda harakat qilmoqda.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS! Biroz dam olish mumkin.

44`
Koke nihoyat raqib darvozasini izladi va zarba berib ko'rdi. Lekin to'p Kasilyas tomon etib bormadi.

43`
"Atletiko" futbolchilari ancha keskin harakat qilishmoqda.

42`
"Real"ning navbatdagi hujumi. Ronaldo bu vaziyatda to'pga etolmadi.

41`
Mario Manjukich qo'pol harakat uchun ogohlantirildi.

40` BENZEMA!!!!!!!!
Bu safar Karimdan omad yuz ugirmoqda! Ronaldo "qo'shni" qanotga keldi va ajoyib harakatlari bilan raqib himoyachisini ortda qoldirdi. Jarima maydonchasi tomon uzatib berilgan to'pga Benzema bosh bilan zarba berdi. Zarba zo'r chiqdi. Lekin Moyya undanda yaxshiroq harakat qilib, jamoasini goldan saqlab qoldi. Qoyil!

39`
Karim Benzemaning zarbasi va to'p darvozaga aniq bormayapti. Bu yangilik emas!

38`
"Real"ning o'ng qanoti nisbatan faolroq harakat qilmoqda. Bazan Ronaldo ham Beylning qanotiga ko'chib o'ynamoqda.

37`
Toni Kroosning tepgan to'pi juda noaniq ketdi. "Bavariya" safida juda chiroyli ijrolarni ko'rganmiz. "Real"da esa Kroosning zarbalari o'xshamayapti...

36`
Karim Benzema vaziyatlarni yo'qqa chiqarish bo'yicha rekord o'rnatishi mumkin bo'lgan hujumchilardan biri...

35` KARIM BENZEMA! O'Z USLUBIDA!
Ronaldo uni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Lekin Benzema Moyya bilan yuzma-yuz qolib, vaziyatni yo'qqa chiqardi. Moyya bu vaziyatda chaqqonroq harakat qildi.

34`
Karim Benzema Tiaguga nisbatan qoidani buzdi.

32`
Hisob tenglashganidan so'ng jamoalar hujumkorlikni oshirishgandek. Lekin himoyachilar endi yanada ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.

30`
To'xtalishlar uchun uzr so'raymiz. Texnik nosozlklar yuzaga keldi.

29`
"Real" hujum qilishda davom etmoqda.

28`
Sikeyra Ronaldoga nisbatan qoidai buzdi va hakam bu vaziyatni to'g'ri baholay oldi. Sikeyra esa hakam tomonidan ogohlantirildi.

26` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! To'p oldiga yaqinlashgan Ronaldo mo'ljalda adashmadi, 1:1!

26` Ronaldo jamoasi foydasi uchun penalti ishlab oldi! PENALTI!

25`
Moyyaning mahorati "Atletiko"ni goldan qutqarib qolmoqda.

24` Garet Beylning ajoyib zarbasi va Moyya!!! Ajoyib ijro va chiroyli "seyv"!

23`
"Real" xavfli nuqtadan jarima to'pi ishlab oldi. Godin hakam tomonidan ogohlantirildi.

22`
Gabi to'pni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi. "Real" yana oldinga intilmoqda.

21`
"Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Pepening bosh bilan yo'llagan zarbasini Moyya ushlab oldi.

20`
Xames Rodrigez hakamning sariq kartochkasidan bebahra qolmadi.

19`
Bu safargi burchak to'pi ham xavfli bo'ldi. Mezbonlar jarima maydonchasi ichida to'p aylanib qoldi va so'nggi lahzada Pepe to'pni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi.

18`
"Atletiko" hujum uyushtirmoqda. O'ng qanotdan Raul Garsiya jamoasining hujumini rivojlantirdi. "Atletiko" futbolchilari burchak to'pi ishlab olishdi.

17`
"Real"ning navbatdagi hujumi. Xames Rodrigez to'pga etolmay qoldi.

16`
Arbeloa va Manjukich to'qnashuvi. Hakam bu vaziyatda Arbeloa o'yin qoidasini buzmadi deb topdi.

15` Xavfli vaziyat! Ajoyib!
Ronaldodan chiroyli harakatlar va portugaliyalik futbolchi to'pni Xames Rodrigez tomon oshirib berdi. Lekin Xamesning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

14`
"Real" endi bor etiborini hujumga qaratishga majbur. Ronaldo hozir Moyya qo'riqlayotgan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Noaniq.

13`
Kutilgan va kutilmagan start.

12`
Iker Kasilyas darvozasi oldidagi ilk xavfli hujum gol bilan yakunlanmoqda.

11` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TIAGU! Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pni Tiagu boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:1.

11`
Sikeyra "Atletiko" foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.

10`
Garet Beyl Karim Benzemani izlab topdi. Lekin Benzema to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.

9`
"Atletiko"ning hujumi. Jarima maydonchasi tomon etkazib berilgan to'pga Iker Kasilyas egalik qildi.

8`
Ronaldo darvoza tomon zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin raqib himoyachilari bu vaziyatda portugaliyalik futbolchining rejasini buzib qo'yishdi.

7`
Garet Beylning urinishi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

6`
Ramos va Raul Garsiya ikkinchi qavatdagi kurashda to'qnashishdi. Ramos bu vaziyatda aniq harakat qildi.

5`
Karvaxalning o'rniga bugun Arbeloa harakat qilmoqda. Aynan ushbu futbolchining qanotidan boshlangan hujum yakuniga etmay qoldi.

4`
Diego Simeone diskvalifikaciyasi tufayli bugungi o'yinni tribunada, muxlislar qatorida tomosha qiladi.

3`
"Real" o'yinni hujumkorlik bilan boshlamoqda. O'ng qanot bo'ylab Garet Beyl oldinga o'tishga urinib ko'rdi.

2`
To'pni mezbonlar o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. Bugun ham Ramos va Manjukich o'rtasidagi o'ziga xos to'qnashuvlarni ko'ramiz shekilli.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!
Madrid "derbi"siga start berildi! CHiroyli futbol ko'ramiz degan umidda biz ham boshladik!

Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Ronaldo safga qaytgan. Xames Rodrigez va Toni Kroos ham uchrashuvni ilk daqiqalaridan boshlashadi. "Real" o'zining optimal tarkibida. Birgina Karvaxal jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogi uchun bo'lgan bahsda "Atletiko" jamoasi "Real"dan ustun kelgandi va mavsumni sovrin bilan boshlashgandi. Bugun Karlo Anchelotti jamoasi Diego Simeone boshqaruvidagi "Atletiko"dan revansh olishga urinib ko'rishlari aniq.

Hamma shu erdami? Yaqin daqiqalar ichida uchrashuvga start beriladi.

Uchrashuv yana bir necha daqiqalardan so'ng boshlanadi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Real" - "Atletiko" uchrashuvidan onlayn reportajimizni boshlaymiz.
Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- O'yin soat 23:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика