“Real” Neymarni sotib olish taraddudida
13 iyu 2018 07:15
Yangiliklar
“Real” Neymarni sotib olish taraddudida
“Real” klubi “PSJ” hujumchisi Neymarni sotib olish niyatida.
Jamoani Ronaldu tark etgach, qirollik klubi rahbariyatining 26 yoshli braziliyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishi yanada ortgan.
SHu kunlarda madridliklarning vakili Santosga yo'l olib, Neymarning otasi va agenti bilan muzokaralarni boshlaydi.
Ammo futbolchining Ispaniyaga qaytishini qiyinlashtiradigan jarayonlardan biri bu uning “PSJ” bilan 2022 yilgacha amal qiladigan shartnomasida tovon pulining yozilmaganligidir. Bir yil ilgari Neymar 222 million evro evaziga “Barselona”dan “PSJ”ga ko'chib o'tgandi.
“Katta ehtimol bilan bu galgi transfer oynasida bo'lmasada, keyingisida uning “Real”ga o'tishi amalga oshadi”, deydi futbolchiga yaqin manba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar