

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchiga "Real" qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" Talyafikoni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Marselo o'rniga olib kelmoqchi.
Oldinroq, Marselo "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi.
Talyafiko yozda "Independente"dan "Ayaks"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 26 yoshli himoyachi Gollandiya chempionatining 18ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi.



