"Real Madrid" yangi mavsum oldidan katta yo'qotishga uchrashi mumkin

Оқил Абдубарноев
12 iyul 2024, 00:28
"Real Madrid" klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

Bellingem hamon elkasidagi og'riqlardan aziyat chekmoqda. Angliyalik futbolchi Yevropa chempionati finalidan so'ng operaciya qilinishi mumkin. Agar jarrohlik amaliyoti amalga oshirilsa, Jud kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.

"Real Madrid" rahbariyati Bellingemning operaciyasi bo'yicha yakuniy poziciyani Yevropa chempionati yakunlanganidan keyin hal qiladi.

Yarim himoyachi madridliklar safidagi ilk mavsumdayoq Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya La Ligasi va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Relevo