

Bellingem hamon elkasidagi og'riqlardan aziyat chekmoqda. Angliyalik futbolchi Yevropa chempionati finalidan so'ng operaciya qilinishi mumkin. Agar jarrohlik amaliyoti amalga oshirilsa, Jud kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.
"Real Madrid" rahbariyati Bellingemning operaciyasi bo'yicha yakuniy poziciyani Yevropa chempionati yakunlanganidan keyin hal qiladi.
Yarim himoyachi madridliklar safidagi ilk mavsumdayoq Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya La Ligasi va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqdi.



