So’nggi yangiliklar

10:20Клаудио Раньерининг танқиди «қиммат»га тушди  0 10:05Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 09:53«Реал»нинг «Атлетико»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  4 09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   1 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  11 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  7 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  6 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  10 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4

"Real Madrid" Xoland uchun Azarni qurbon qilishga tayyor, belgiyalik vinger "CHelsi"ga qaytishni istaydi Yangiliklar

"Real Madrid" Xoland uchun Azarni qurbon qilishga tayyor, belgiyalik vinger "CHelsi"ga qaytishni istaydi

Eden Azar "CHelsi"ga qaytishi mumkin.

Insayder Xose Feliks Diasning so'zlariga ko'ra, belgiyalik futbolchi Londonga ko'chib o'tishdan manfaatdor. Jurnalist Ramon Alvares de Monning aytishicha, "Real" va "CHelsi" allaqachon muzokaralarga kirishgan.

"Real Madrid" Xoland transferi uchun Azarni qurbon qilishga tayyor

• Azarning maoshidan qutulish Peresga Kilian Mbappe va Erling Xolandni bir vaqtning o'zida qo'lga kiritish uchun muhim qadamdir. Eden soliqlardan tashqari yiliga taxminan 15 million evro ishlab oladi, u Garet Beyl bilan birgalikda "Real"dagi eng yuqori maosh sohibi hisoblanadi. Ikkalasi ham maydonda deyarli ko'rinmaydi, lekin Garet bilan vaziyat hal bo'ldi: madridliklar futbolchining yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi.

• Eden 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan, bu esa jamoa uchun muammolardan biridir. "Real Madrid" Azarning noprofessionalligi va doimiy jarohatlaridan hafsalasi pir bo'ldi. Belgiyalik o'yinchi salomatligida ham unchalik foydasi tegishiga ishonch yo'q: u Vinisiusni tarkibdan siqib chiqarib yuborolmaydi, o'ng qanotda esa Anchelotti Rodrigo yoki Asensioni afzal ko'radi.

• Azar murabbiy bilan do'stona munosabatda emas. Futbolchi Anchelotti uni deyarli maydonga tushirmayotganidan juda norozi. 

• "Real Madrid" Erling Xolandni sotib olmoqchi. Mbappe bilan bitim imzolanishi bilan bog'liq vaziyat ijobiy tus olayotgandek, norvegiyalik forvardning ko'chib o'tishi esa savollar paydo bo'lmoqda. Germaniyaning Bild nashri "Man Siti" ushbu poygada peshqadam, "Real Madrid" esa undan ortda qolmoqda, deb yozmoqda. Gap shundaki, "Real" Mbappening transferini inobatga olgan holda, 2022 yilning yozida Xolandni sotib olish kerakmi yoki yo'qmi, bu haqda hali bir qarorga kelgani yo'q.

Erling "Real Madrid"ga juda qimmatga tushadi. Qo'shimcha to'lovlarning ko'pligi tufayli aniq raqamlar keltirilmagan, Xolandning agenti Mino Rayola va otasi "yog'li" summa surashi turgan gap. Azarning maoshidan xalos bo'lish esa norvegiyalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishishga yo'l ochadi.

• "Real" "CHelsi" himoyachisi Ris Jeymsga qiziqish bildirmoqda, u nazariy jihatdan Azar uchun kelishuvning bir qismi bo'lishi mumkin. Ammo 22 yoshli ingliz Tuxel qo'l ostida juda muhim vazifani bajaradi, shu bois bu kelishuvga rozi bo'lish juda qiyin bo'ladi. Buni Florentino Peres ham tushunadi.

Nega aynan CHelsi?

• Futbolchining o'zi "CHelsi"ga o'tishni talab qilmoqda: Azar Tuxel bilan ishlashni xohlaydi va u o'z faoliyatini aynan qadrdon klubida qayta jonlantirishiga ishonadi. Qaytish uchun Eden maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor, futbolchiga boshqa jiddiy davogarlar ham yo'q.

• "CHelsi" Azarni qaytarishga tayyor, faqat maoshini sezilarli ravishda qisqartirishga rozi bo'lsa. Nazariy jihatdan, Beylning "Tottenxem"ga ijaraga berilishi scenariysi takrorlanishi mumkin. 

• Marca xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchining to'liq transferi hali muhokama qilinmagan. "CHelsi" uzoq muddatli shartnomani tuzmoqchi emas. 

Azar bilan bog'liq muammolarga qaramay, uning qaytishi go'zal hikoyaga o'xshaydi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика