"Real" hujumchisi keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2023, 18:47
Futbolchi tez orada tiklanib oladi.

"Real" vingeri Rodrigo Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvida qatnashmaydi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Futbolchining tizzasida muammolar paydo bo'ldi. Braziliyalik futbolchi ehtiyot chorasi sifatida jamoaning navbatdagi bahsini o'tkazib yuboradi. U 12 aprel kuni Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yingacha tiklanishi kutilmoqda.

"Real" – "Vilyarreal" uchrashuvi 8 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es