"Real" futbolchisi qamalishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 apr 2020, 20:56
"Real" hujumchisi Luka Yovich Serbiya prokuraturasiga chaqirtirildi.

"Marca" xabariga ko'ra, 22 yoshli forvard Serbiyada o'rnatilgan karantin qoidalarini buzgani sababli Belgradda bosh prokuror bilan uchrashadi. U o'zini o'zi izolyaciya qilish qoidalariga bo'ysunmasdan, sevgan qizi bilan shahar bo'ylab sayr qilib yurgani sababini tushuntirib berishi kerak.

Yovichni 1275 evro jarimadan 3 yillik qamoq jazosigacha bo'lgan qarorlardan biri kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca