"Real" "Chelsi"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 21:59
Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi 1/2 finalining birinchi o'yinida ishtirok etuvchi futbolchilar bo'yicha bir to'xtamga keldi.

"Galaktikos" matbuot xizmatining xabar berishicha, fransiyalik murabbiy "aristokratlar"ga qarshi o'yinda 22 nafar o'yinchiga, shu jumladan uchta darvozabonga ishonadi.

Yaqinda koronavirus tashxisi qo'yilgan yarim himoyachi Federiko Valverde bo'lajak uchrashuvda sheriklariga yordam bera olmaydi.

Darvozabonlar - Kurtua, Lunin, Altube;

Himoyachilar - Karvaxal, Militao, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Migel;

Yarim himoyachilar - Kroos, Modrich, Kazemiro, Isko, Arribas, Blanko;

Hujumchilar - Azar, Benzema, Asensio, Vinisius, Mariano, Rodrigo.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com