"Real" Benzemasiz o'tgan o'yinlarning yarmidan ko'pida g'alaba qozona olmagan
21 mar 2022 20:09
Yangiliklar


"Real" Benzemasiz o'tgan o'yinlarning yarmidan ko'pida g'alaba qozona olmagan
Karim Benzemaning yo'qligi "Real Madrid"ning so'nggi yillardagi La Ligadagi natijalariga jiddiy tasir qilmoqda.
2018/19 yilgi mavsumdan buyon madridliklar chempionatda francuz forvardisiz 11 o'yin o'tkazgan va bor-yo'g'i beshtasida g'alaba qozongan (45,4%), qolgan olti bahsda uch durang va uch mag'lubiyat qayd etilgan.
"Real Madrid" Benzema bilan 132 o'yinda 87 g'alaba (65,9%), 26 durang va 19 mag'lubiyatga ega chiqqan.
Bir kun avval Karlo Anchelotti shogirdlari Primeraning 29-turida "Barselona"ga mag'lub bo'ldi (0:4). Benzema jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar