So’nggi yangiliklar

08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  0 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  10 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  4 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  10

"RB Leypcig" - PSJ. Saytimiz xodimlari o'yin natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"RB Leypcig" - PSJ. Saytimiz xodimlari o'yin natijasini taxmin qilishdi

CHempionlar Ligasi joriy mavsumining dastlabki yarim final bahsi tobora yaqinlashmoqda. Saytimiz xodimlari ushbu o'yin natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Abdulaziz Iskandarov — Nazariy jihatdan, tarkibdagi futbolchilarning saviyasi, darajasi jihatdan PSJning imkoniyatlari yuqori. "Leypcig"dan ham ko'p narsa kutsa bo'ladi. Ular "Atletiko"ni turnirdan uloqtirib yuborishdi. Ammo, endigi raqib himoyaviy, pragmatik o'ynaydigan "Atletiko" emas, hujumkor va agressiv uslubdagi PSJ . Endi Nagelsmanga oson bo'lmaydi.  Hujumkorlikni bir chetga surib, himoyani o'ylaydigan vaqt keldi. "Leypcig"ning mudofaa chizig'ida muammolar etarlicha. Agarda kuchli bosim qilinsa himoyachilar sarosimaga tushib qolishini avvalgi bosqichda ko'rdik. Lekin, ECHL bizni joriy mavsumda ko'p bor hayratlantirishga majbur qilmoqda. Sensaciya bo'lishi hech gap emas. Menimcha bu "Leypcig" uchun oxirgi bekat, PSJning oldingi chizig'i haqiqatdan ham kuchli. Agarda Nagelsman tartibli himoya qo'rg'onini qura olsa, raqib hujumchilarini zararsizlantirishni uddasidan chiqa olsa g'alabani ilib ketishi mumkin. Har holda uning shogirdlari qarshi hujumda qanday harakat qilishni juda yaxshi bilishadi. Dani Olmo va Yusef Poulsen oldingi chiziqda yarimta imkoniyatdan ham foydalanib ketishga qodir. Mening fikrimcha yakunda ustunlik baribir parijliklar tomonda bo'ladi va 3:0 hisobida g'alab qozonadi.

Narzulla Saydullaev — Bugungi bahsda qog'ozda PSJ favorit hisoblanadi. Biroq Parijliklar safida yo'qotishlar bor. Keylor Navas, Leven Kyurzava va Marko Verratti o'ynamaydi. "Leypcig" o'tgan bosqichda "Atletiko"ni mag'lub etib ruhiyati ancha ko'tarildi. PSJ qiyinchilik bilan bo'lsa ham "Atalanta"ni taslim qilgandi. Yo'qotishlar bugun o'z so'zini aytishi mumkin. Oldingi taxminlarim teskari bo'lgani bois bugun ham ananani davom ettiramiz: PSJ finalga chiqadi, 3:2.

Jaloliddin Xalilov — Bugun penaltilar seriyasiga guvoh bo'lsak kerak. Taxminim, asosiy vaqt durang (2:2), futbol lotoreyasida parijliklar g'alaba qozonishadi.

SHerzod Nurmatov — Bugun Mbappe dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakat qilsa kerak. Bu galgi PSJ o'tgan o'yindagidan kuchliroq bo'lishi aniq. Naymar va Mbappe juftligi super hujumlarni amalga oshiradi.
SHu bilan birga, nemislarning shijoatini unutmaslik lozim, Nagelsmann murabbiylik  qilayotgan klubning o'yinlarini tomosha qilsangiz, bevosita Bundesliga xayolingizga keladi, chunki o'yin stili nemischa futbolni har daqiqa eslatib turadi. Nagelsmann - Tuxel dueli guvohiga aylanamiz. Ko'ramiz, ularning qay biri ustun kelarkan. Bu juda qiziq. Taxminimcha, PSJ 1 ta to'p farqi bilan g'olib kelib, finalga chiqadi - "Leypcig" - PSJ 1:2.

Aziz To'xtamurodov Mazkur o'yin afishasi u qadar jozibador bo'lmasada, uchrashuv maqomi qiziqish yuqori bo'lishi uchun asos bo'ladi. So'nggi paytlarda "Leypcig" jamoasi ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Boshqa tomondan PSJning yulduzli tarkibi ham finalga loyiq. Taxminim, "Leypcig" - PSJ 1:2.

Faxriddin Ro'ziev — Mavsum avvalida CHempionlar Ligasining yarim finalida PSJ "Leypcig" bilan qarshilashishi taxmin qilinmagan edi. Ushbu juftlikda parijliklar favoritdek ko'rinyapti. Bugun Tuxel Nagelsmann bilan maydonda shahmat o'ynaydi. "Leypcig" futbolchilarini PSJ yulduzlari bilan taqqoslash imkonsiz. Ammo francuz klubiga hal qiluvchi o'yinlarda doim nimadir etishmagan. Bugun ham shunday bo'lsa kerak. Menimcha, PSJ ham yo'lning oxiriga etib keldi. Qiyin bo'lishi mumkin, lekin nemislarning g'alabasini kutyapman — 3:1.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика