Raxim Sterling "Manchester Siti" o'yiniga 550ta chipta sotib oldi
04 apr 2019 15:25
Yangiliklar


Raxim Sterling "Manchester Siti" o'yiniga 550ta chipta sotib oldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling "shaharliklar" hamda "Brayton" o'rtasida o'tkaziladigan Angliya Kubogi yarim final o'yini uchun 550ta chipta sotib oldi.
24 yoshli futbolchi "Uembli"da bo'ladigan uchrashuv chiptalarini o'zi o'qigan maktab bolalari uchun xarid qilgan. Bundan tashqari 550 nafar bola bu kunni unutmasliklari uchun Sterling ularga transport ham tashkillashtirib bermoqda. Bu o'yin uchun "Manchester Siti"ga 25 000ta chipta ajratilgan.
Eslatib o'tamiz, Yamaykada dunyoga kelgan Raxim Sterling onasi bilan Londonga ko'chib o'tgan va 11 yoshida Londondagi "Uembli" stadioni yaqinida joylashgan maktabda o'qiy boshlagan.
"Manchester Siti" hamda "Brayton" o'rtasidagi Angliya Kubogi o'yini 6 aprel kuni 21:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar