Ravshan Haydarov: "CHempionlik oson qo'lga kiritilmaydi. Buning ortida katta mehnat, yillab ko'rilgan tayyorgarlik yotadi"
18 mar 2023 22:33
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "CHempionlik oson qo'lga kiritilmaydi. Buning ortida katta mehnat, yillab ko'rilgan tayyorgarlik yotadi"
O'yin haqida
- Xalqimizga va muxlislarimizga chiroyli g'alaba taqdim etganimizdan xursandmiz. O'yin atmosferasi ajoyib edi. Stadiondan tashqarida ham muxlislar butun Respublika bo'ylab o'yinlarimizni tomosha qilib, bizni qo'llab-quvvatlashdi. Yigitlarga ham rahmat aytaman. Iroq ham kuchli o'yin namoyish etdi. O'yindagi ustunligimiz g'alabaga olib keldi.
Rahmonaliev: Bugun bizni qo'llab-quvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. G'alabani xalqimizga bag'ishlaymiz. Oldimizda jahon chempionati turibdi, ushbu turnirda ham yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Bugungi g'alaba OFKdagi birinchi g'olibligingiz emas. O'yindan so'ng ichingizdan nimalar o'tdi?
- Bu ikkinchi titulim sanaladi. Birinchisi U-23 chempionati edi. O'zbekiston bilan U-20 da ham chempion bo'lish nasib qildi. Qilgan ishingni mevasini ko'rsang, xursand bo'lasan va kuchga to'lib, oldinga qarab ishlashga motivaciya topasan.
- Uchrashuvdan uchrashuvga muxlislarimiz stadionni to'ldirib borishdi. U-23 bilan xorijda g'olib chiqqansiz. U-20 bilan uyda g'oliblikka erishdingiz. Jamoa ruhiy bosimdan qanday chiqib ketdi? Yigitlarga nimalarni uqtirdingiz?
- Ko'pchilik uchun bu birinchi marta sodir bo'ldi. Buni har doim tushuntirib keldik. Bu atmosferadan yigitlar kuch olishlari kerak, albatta, masuliyatni unutmagan holda. Bunga sekin-sekin ko'nikib borishadi. Bugun Prezidentimiz ham keldilar, yigitlarni ozroq hayajon bosdi. Oldingi o'yinlarda bosimni engib o'tishgandi. Yana ham ko'rib chiqamiz. Menga shunday ko'rindi.
- Qaysi chempionlik siz uchun qiyinroq qo'lga kiritilgan: U-23 bilanmi yo U-20 bilan?
- O'ylaymanki, chempionlik oson qo'lga kiritilmaydi. Buning ortida katta mehnat, yillab ko'rilgan tayyorgarlik yotadi. Bu jamoa bilan ham shunday bo'ldi. Biz yutuqlarga intilib yashadik. O'zbekistonda bo'lib o'tgan musobaqaning yutug'i – bu muxlislar. Ularning qo'llab-quvvatlashi kuch-quvvat bag'ishlab turdi. 120 daqiqalab bosim ostida o'ynash oson emas, albatta. Umuman olganda, g'alaba mehnatga yarasha bo'ldi. U-23 bilan ham murojaatlarni tinglab turgandik. Har bir chempionlik tagida katta mehnat yotadi.
- Rahmonalievga savol. Bugun darvozabonimiz Otabek Boymurodov 2-3 ta yaqqol vaziyatlarda termani qutqarib qoldi. Uning harakatlari xususida nima deya olasiz?
- Otabek Boymurodov o'yindan o'yinga kuchayib bordi. Darvozabon bejiz yarim jamoa deb atalmaydi. U murabbiylarning ishonchini oqladi. Statistikaga etibor bersak, eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldik. Bu himoya va darvoza mustahkamligidan dalolat beradi. Demak, xuddi shu yo'sinda ishlashda davom etamiz.
- Umarali Rahmonalievga savol: Penalti tepayotganingizda va undan keyingi hissiyotlar qanday bo'ldi?
- Umarali Rahmonaliev: Penaltiga keladigan bo'lsak, bu menga topshirilgan edi. Men faqat gol urishim kerak edi. O'yindan keyin g'alaba goli xayolimga kelgani yo'q. G'alaba Alloh tomonidan beriladi. Mehnatni butun jamoa qildi, bu esa g'alabaga olib keldi. Zaxiradagi futbolchilar ham bizni ich-ichlaridan qo'llab turishdi va biz buni his etgan holda, o'ynadik.
- CHempionlik qo'lga kiritildi. Bu juda katta natija. Jamoangiz musobaqaga tayyorgarlikni rasmiy o'yinlarsiz boshladi. Jahon chempionatigacha jamoaning qaysi jihatlarini kuchaytirmoqchisiz?
- Bir yarim yil ichida tanlov amalga oshirdik. CHetga chiqmasdan, kim bilan ishlashni tanlab olishimiz kerak edi. Keyinroq xalqaro musobaqalar orqali o'yin falsafasi va taktikasi ustida ish olib bordik. Yigitlar hozir ko'z yumib bo'lsa-da, sxemani tushunishadi. Ko'z yumib emas, albatta, lekin shunchalik chiqishib keta olishdi. Ular har xil falsafa va taktika bo'yicha harakat qila olishadi. Bu yigitlar bilan buni amalga oshirish qiyinchilik tug'dirmaydi. Bitta kamchiligimiz bor – kam gol uramiz. SHuni ustida ishlashimiz kerak.
- Turnirning eng yaxshi futbolchisi Abbos Fayzullaev bo'ldi. Ravshan Haydarov murabbiy sifatida, Rahmonaliev esa jamoa sardori sifatida qanday fikrda?
- Ravshan Haydarov: Albatta, chempion bo'lgan jamoamiz tarkibida ko'p futbolchilarimizning yaxshi jihatlari bor. Ular orasida Abbos nisbatan ajralib turdi. U munosib ravishda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Asosiysi, o'sishdan to'xtab qolmaslik kerak. Iqtidorli futbolchilarimiz talaygina.
- Usmonali Rahmonaliev: Abbos jamoadagi etakchilardan biri sanaladi. Jamoada har bir futbolchining o'rni bor. Agar jamoaviy o'yin bo'lmasa, u ham ehtimol bu darajad bo'lmasdi. Abbosni ushbu yutuqqa maqul ko'rishdimi, u bunga loyiq. Buni u ko'rsatgan o'yinlarda ham kuzatsak bo'ladi.
Fikrlar