So’nggi yangiliklar

15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  0 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  3 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  9 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  13 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  16 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  4 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20

Ravshan Haydarov: “Yarim finalga chiqishni maqsad qilganmiz” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Yarim finalga chiqishni maqsad qilganmiz”

O'FF majlislar zalida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va ushbu termamiz sardori Javohir Sohibovlar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ravshan Haydarov: “Assalom alaykum hurmatli do'stlar! SHunday nufuzli musobaqadan oldin ko'rishim turganimdan hursandman. Tayyorgarlikni dekabrdan boshlagan edik, shundan buyon 6ta yig'in o'tkazdik, bunda 14ta nazorat o'yini o'tkazildi. Yig'inlarimizning 2tasi xorijda Turkiya va Portugaliyada bo'lib o'tdi. Oldimizga qo'yilgan reja bo'yicha ishlab kelmoqdamiz. Bu yig'inlarda barcha o'yinchilarni sinab ko'rdik. Bu yig'inlar natijasida hozirda 21ta o'yinchining nomini elon qildik. O'ylaymanki, bu futbolchilar mundialda o'zlarini ko'rsata oladigan ba bunga munosib bo'lgan o'yinchilar.

Rejalarimiz: Biz Toshkentda yig'in o'tkazmoqdamiz, yaqinda “Oq-tepa” bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Bundan tashqari, Velington shahrida Panama yoshlari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. SHu bilan Gonduras yoshlar terma jamoasiga qarshi JCHdagi ilk o'yinni o'tkazish uchun Kraystcherch shahriga yo'l olamiz.



- JCH oldidan sardor sifatida nima deya olasiz?

- Bizdan ko'pchilik umid qilmoqda. Yigitlar ham buni yaxshi tushunib turishibdi, minimum maqsadimiz guruhdan chiqish va 8talikka kirish. Yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz deb umid qilamiz.

- Yoshlar o'rtasidagi JCH larda 3 marta qatnashganmiz. Natijalarimiz rivojlanib bormoqda. Buni sizlar ham davom ettira olasizmi? Bundan tashqari, Viktor Borisov haqida ikki og'iz fikringiz?
- Avvalo, Viktor Borisovni oila azolariga taziya bildiramiz. U inson ko'plab futbolchilarning ustozi edi.
Umid qilamizki, biz bu ananani davom ettiramiz. Boshqacha bo'lishi mumin ham emas. Muxlislar bizni o'yinimiz va natijalarimizdan faxrlanib yurishlarini xohlaymiz. CHiroyli o'yinsiz, faqatgina natija bilan ko'pchilik qoniqmaydi. SHuning uchun biz ham chiroyli o'yin, ham natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Oldimizga yarim finalga chiqish vazifasini qo'yganmiz. Osiyo chempionatidan keyinoq yigitlar bilan gaplashib yarim finalni maqsad qilib qo'ygan edik. Hozirda shu bilan yashab kelmoqdamiz, tayyorgarligimiz ham shunga monand bo'lmoqda.

- Tarkibdan ko'nglingiz to'ldimi? Bundan tashqari, Bobur Davlatov nega chaqirilmadi?
- Biz yig'inlar davomida 40-45 nafar o'yinchilarni sinab ko'rdik. “Bunyodkor”dan 9 nafar ko'pdek tuyuladi, lekin, bir nechta o'yinchilar bu mavsumdagina boshqa klublardan kelishdi. Terma jamoaga munosib bo'lganlar yig'ildi. Jamshid Boltaboevni olib ketishga umid qilgandik, lekin uning jarohati tuzalishi jo'zilib ketdi. Bobur Davlatov masalasida tashkiliy tomondan kelisha olmadik. Rubin FIFA kunlari bo'lmaganda o'yinchini bermadi. Faqatgina 1 martagina yig'inimiz FIFA kuniga to'g'ri keldi. Bu yoshda birdaniga jamoaga kirishib ketish qiyin, bunga vaqt kerak bo'ladi. Afsuski, Davlatov birorta yig'inda ishtirok etmadi, shuning uchun ham u yakuniy tarkibga kiritilmadi.

- Raqiblarni qay darajada o'rgandingiz?
- Asosan disklar orqali raqiblar o'yinlarini kuzatdik. Gonduras Tailandda Qirol kubogida deyarli JCHga boradigan tarkib bilan o'ynadi. Raqiblarimizda asosan jismonan kuchli o'yinchilar yig'ilgan. Bizda ham bolalar yomon emas, kuchli. Nemislar har tarafdan mukammal jamoa, biz bunga tayyormiz. Kimlar bilan o'ynashimizga yigitlarni amaliy tomondan ham, nazariy tomondan ham tayyorlashga harakat qildik. Fiji terma jamoasiga qarshi o'yinga Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish orqali tayyorlandik. Fiji jismoniy kuchga asoslangan futbol o'ynaydi.

- Natijaga siz javob berasiz, murabbiylar shtabi haqida fikringiz?
- Men bilan birga ishlab kelayotgan murabbiylardan ko'ngdim to'q. Biz bu murabbiylar bilan anchadan buyon bir yoqadan bosh chiqarib ishlab kelmoqdamiz. Murabbiylar har jihatdan menga yordam berishmoqda.

- Malumotlarga ko'ra, muxlislar klubi Yangi Zelandiyaga bormas ekan?
- Sanjar Rizaev (O'FF matbuot xizmati boshlig'i): Viza bilan bog'liq muammolar borligi va juda uzoqligi uchun ham katta ehtimol bilan muxlislar klubi mundialga bormaydi.

- Tarkibda faqatgina 3ta nominal hujumchi bor, JCHda hujum chizig'i bilan bog'liq muammo bo'lmaydimi?
- Biz 3 hujumchi bilan o'ynaymiz. Himoyachilarimizda Xurshid G'iyosov va Odilbek Xamrobekovlar bemalol yarim himoyada o'ynay oladi. Yarim himoyachilardan Temur Tolipovni hujumchi desak ham bo'ladi, bundan tashqari, u tayanch yarim himoyasida ham o'ynay oladi. Sardor Azimov ham klubida hujumda o'ynaydi. Biz esa uni qanotda o'ynatmoqdamiz. Jamoada universal o'yinchilar ko'p.

- Jamoadagi ruhiy holat qanday? Ikkinchi sardor kim?
- Ruhiy tayyorgarlik yaxshi. Osiyo chempionatidan keyinoq yigitlarning ruhiyatini yaxshilashga intilib keldik, har yig'inimizga psixolog ham chaqirildi. Ichki muhitga kelsak, har bir jamoa ichida lider bo'ladi. Yigitlar ichida suhbat va ovoz berish o'tkazilgan. Buning natijasida asosiy sardor Javohir Sohibov, ikkinchi va uchinchi sardorlarimiz Zabixullo O'rinboev va Otabek SHukurov. Yigitlar o'zlari bu o'yinchilarni tanlashgan.

J.Sohibov: Bolalar o'zlari meni sardor qilib tayinlashdi, buning uchun ularga raxmat. O'yinchilar bilan gaplashib ota-onamiz va xalqimizni yuzini yorug' qilish uchun harakat qilishga kelishib olganmiz.



- “Oq-tepa” bilan o'yinda o'ynagan tarkib JCHda asosiy tarkib bo'ladimi?
- Yo'q, bu shunchaki o'rtoqlik o'yini va hali bu asosiy tarkib emas. Sohibov o'sha o'yinda kichik jarohati borligi bois o'ynamagan edi, Mirjamol Qosimov esa isitmalagani uchun 15 daqiqagina o'ynagan edi. Biz bir o'yinda ikki xil taktika bilan o'ynash borasida ishlab kelmoqdamiz. O'yin davomida taktikani o'zgartirishimiz mumkin. O'rtoqlik o'yinlarida avvaliga 4-3-3, 20 daqiqadan keyin 4-4-2 ga o'tib o'ynadik.

- Penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rildimi?
- Albatta, “Oq-tepa” bilan o'yindan oldin hisob qanday tugashidan qat nazar penaltilar tepishish haqida kelishib olgan edik.

- Osiyo chempionatidagi oxirgi o'yindan qanday xulosalar chiqarildi?

- O'shanda JCHga chiqildi deb yigitlar biroz bo'shashishgan edi. O'sha o'yin bizga taktik tomondan ham ancha dars bo'ldi. Nazorat uchrashuvlarida iloji boricha o'zimizdan yoshi kattaroq futbolchilar bilan o'ynashga intildik.
Himoyamizning zaif tomonlarini KXDR ko'rsatib berdi bizga. Portugaliya bilan 70 daqiqa tartibli va qarshi hujum taktikasida o'ynadik, 1 kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin biroz kuchimiz etmadi, Urugvay bilan esa 2-3 xil taktikani sinab ko'rdik.

Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика