Ravshan Haydarov: "Bu biz uchun so'nggi imkoniyat edi"
07 iyu 2015 14:21
Yangiliklar


Ravshan Haydarov: "Bu biz uchun so'nggi imkoniyat edi"
Fiji U20 va O'zbekiston U20 uchrashuvidan so'ng, Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
"Bu biz uchun so'nggi imkoniyat edi. Birinchi bo'limda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz o'z mahoratini ko'rsatishdi. Birinchi g'alabamizdan juda xursandmiz va bu so'nggisi bo'lmaydi deb umid qilaman.
O'yinda taktik harakatlar to'g'ri bajarildi, ammo birinchi bo'limda maqasdimizga erisha olmadik.
Avstriyaga keladigan bo'lsak, ular kuchli jamoa va biz navbatdagi raqib haqida ko'p malumotga ega emasmiz. Avvalambor, futbolchilarga dam olish uchun vaqt berib, keyin o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz" - deydi Ravshan Haydarov.

Fikrlar