So’nggi yangiliklar

23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  130 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  42 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  5 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  10 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3

Ravshan Ermatov: "Osiyo chempionlarimiz va faxriy futbolchilarimizni doimo yodda tutamiz" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Osiyo chempionlarimiz va faxriy futbolchilarimizni doimo yodda tutamiz"

Azamat Abduraimovning 50 yoshlik yubileyi munosabati bilan o'tkazilgan futbol-SHoudan so'ng FIFA referisi Ravshan Ermatovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


"O'yin chiroyli tarzda o'tdi. Yurtimizda futbolni ommaviylashtirish, chempion futbolchilar bilan birga maydonga tushish bizlar uchun faxr tuyg'usini uyg'otdi. Osiyo chempionlari va boshqa faxriy futbolchilarni doimo yodda tutamiz. Muxlislarimiz ham ularning qahramonliklarini hech qachon eslaridan chiqarishmaydi. Bugungi futbol ham shuni isboti bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Azamat akani 50 yoshlik yubileylari bilan tabriklayman. Azamat Abduraimovning Koreyaga urgan gollarini hech qaysi o'zbek futboli muxlisi yodidan chiqarmasa kerak. Aynan shu gol qiluvchi rolni o'ynagan va bizni chempionlikka etaklagan. Bu kabi faxriy futbolchilarimiz vatanimiz futboli rivojiga o'z hissalarini qo'shishgan va qo'shib kelishmoqda. SHu boisdan biz ushbu faxriy futbolchilarni doimo ehtirom qilamiz. Bu kabi uchrashuvlar ko'proq bo'lishini istagan bo'lardik. Bu kabi shou o'yin muxlislarga, bizlarga va umuman barcha uchun qiziq bo'ldi.
Jamoani tarkibini qay ro'sinda tanladim? Bizni aynan kimnidir tanlaganimiz yo'q. Ko'pchilik do'stlarimiz bizga qo'ng'iroq qilib, men sizni jamoangizda o'ynamoqchiman, deb murojaat qildi va ularni safimizga qo'shdik. To'g'risi, tarkib tanlash uchun deyarli bo'sh vaqtning o'zi yo'q. Biz universiadada edik. Bahodir Ahmedov, Oybek Qosimov bilan birgalikda o'tirib, ushbu tarkibni shakllantirdik. O'yin hisobi bu uchrashuv oldidan kelishilganligini anglatmaydi. SHunchaki tablodagi hisob teng bo'lib qoldi va oxirida penaltilar seriyasi bo'lib o'tdi. Agarda kelishilganda, unda penaltilar orqali g'olib jamoani aniqlamagan bo'lardik", - deydi Ravshan Ermatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика