Ravshan Eliboev: “Metallurg”ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi”
12 noy 2021 19:26
Yangiliklar
Ravshan Eliboev: “Metallurg”ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi”
Futzal bo'yicha Oliy liga bahslariing 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turdan keyin “Lokomotiv” darvozaboni Ravshan Eliboev bilan suhbatlashdik.
Ortda qolgan 2-tur haqida
“Bu turda barcha o'yinlar biz uchun qiyin kechdi. Har bir jamoa bizga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rgani sezilib turibdi. CHunki qiyin o'yinlarni o'tkazdik. 2-tur oldidan qo'yilgan vazifamizni bajardik va o'zimiz uchun keralik bo'lgan 9 ochkoni qo'lga kiritdik".
O'tkazib yuborilgan gollar borasida
“Bunga asosiy sabab sifatida ikkinchi to'rtligimiz yaxshi shakllanmaganidan deyish mumkin. Qolaversa, raqib jamoa kuchiga to'g'ri baho bermaganimiz ham sabab bo'ldi deyish mumkin".
Eng qiyin o'yin haqida
“Menimcha, “Metallurg”ga qarshi o'yini biz uchun qiyin kechdi. Bu o'yin so'nggi soniyalargacha his-hayajonga boy bo'ldi".
Fikrlar