So’nggi yangiliklar

12:45Германия терма жамоаси аъзоси "Бавария"да ўйнамоқчи  0 12:21U-23 Осиё кубоги. Яна бир легионеримиз клуб ихтиёрига жўнаб кетмоқда  20 11:42Харита ва глобусга киритилмаган орзунинг зафарли йўли  1 11:18Шармандага шаҳар кенг  5 10:25Мухлисларнинг кучи. «Милан» улар сабабли келишувга эришган мураббийи билан шартнома тузмади  2 09:54Томас Тухель: «Мадриддаги ғалаба бизни финалга олиб чиқади»  16 09:23Франция тарихидаги энг яхши ҳужумкор футболчилар аниқланди  13 08:52«Манчестер Юнайтед»нинг етакчиси ёзда жамоани тарк этиши мумкин  9 08:21Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум. У Вини эмас!  6 07:49Карло Анчелотти кечаги дурангдан сўнг нималар деди?  26 07:20«Бавария» — «Реал Мадрид» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  9 06:15 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Бавария" - "Реал Мадрид" 2:2   1 01:52Голларга бой ўтган баҳсда «Бавария» ва «Реал Мадрид» ўзаро дуранг ўйнади  221 00:59"Интер" чемпионлигини нишонламоқчи бўлган мухлис парадга кўк сигир етаклаб чиқди  3 00:32Жака мураббийликда ўзини синаб кўрмоқчи  0

Rassom asaridan ilhomlanib "hayotga qaytgan" Janluijji Buffonning siz bilmagan taqdiri Yangiliklar

Rassom asaridan ilhomlanib "hayotga qaytgan" Janluijji Buffonning siz bilmagan taqdiri

Jahon chempioni sog'lom hayotga qaytishiga rassom sababchi bo'lgan.

Kuni-kecha Buffon faoliyatini yakunlashini rasman elon qildi. Biz esa buyuk kiperning hayotidagi balki siz bilgan va aksar bilmagan holatlar haqida to'xtalib o'tamiz. 


Buffonni jaxldorligi buyuk kiperga aylantirgan

To'g'ri, faqatgina bu emas, ammo bu eng muhim ingredientlardan biridir. Har bir katta atletning o'z metodi bo'ladi. Janluijji uchun futbol ichki agressiyani maydonda muvaffaqiyat kalitiga aylantirish uchun imkoniyat edi. Bundan 20 yil avval ruhiy hujumlar va jiddiy depressiya bilan shikastlangan o'xshashi yo'q psixika maydonda foyda keltirardi. Buffon xarakterini va egoistligi bilan bir qatorda, qiyinchiliklar, bazan hatto og'riqlarni ham xush ko'rishini hech qachon yashirmasdi. Biroq kunlardan bir kuni kamerunlik golkiper Toma N’Kononing Italiyada o'tgan JCH-1990dagi seyvlari uni o'ziga rom etadi.

Janluijji darvozabon bo'lish og'riqli ekanligini yaxshi bilardi. O'tkazib yuborilgan gollar va yo'l qo'yilgan xatolarni, odatiy seyvlardan ko'ra eslab qolish osonroq. Mana shu vaziyatda taqdir o'z so'zini aytadi. "Parma" akademiyasida darvozabonlar jarohatlanadi, xavbek Buffon esa bo'ydorligi bilan ajralib turardi. 45 yoshigacha Janluijji ko'p kitob o'qib va filmlarni anchagina ko'rib qo'ygan bo'lsada, bolaligida uning oldida bitta yo'l – sport bor edi. Buffonning onasi disk uloqtirish bo'yicha Italiya rekordchisi, otasi yadro uloqtirish bilan shug'ullanardi, opalari esa volleybol termasi azolari edi.

Geni Janluijjiga qo'l kelardi, reakciya va chapdastlib bobida muammo yo'q edi. Buffonning ko'plab jamoadoshlari uning bir narsani maqsad qilsa, qolgan barchasini unutib, niyatiga etmaguncha harakat qilaverishini takidlashadi. Agar Janluijji g'alaba qozonishi kerak bo'lsa, u buning imkonini topadi. Futbolda 45 yoshgacha qolish uchun u 20 yildan ko'proq vaqt avval klassik mashg'ulotlardan voz kechgan. U kiperlar qiyin mashqlarni qayta-qayta bajarish oqibatida bog'lamlar, bo'g'im va beliga ko'p zarar etkazishini tushunib etgan. Maydonda odatda eng og'ir vaznli futbolchi bo'lishiga qaramay, aynan darvozabonlar ko'p bor maydonga bor vazni bilan qulashadi.  

Buffon yuklamalardan voz kechib, qo'llar harakatiga va oyolar koordinaciyasiga ko'proq etibor qaratdi. Qizig'a, mashg'ulotlarda ko'proq ter to'kib, 35 yoshda faoliyatni yakunlashni tanlaysizmi yoki kamroq ishlab, o'n yil ko'proq "o'yinda qolsang"? Futbolga esa Buffon tribuna orqali kelib qolgan. CHunki u "Karrareze" fan-klub azosi edi. 

Buffon bolalikdagi tanish qo'shiqlarni kuylash uchun yana muxlislar tribunasida bo'lib qolishga butkul qarshi emasligini aytadi. 


CHempionlar kubogisiz qolgan "Supermen"

Afsuski, Buffon faqatgina Ibragimovichning ramziy termasidan o'rin olgan. ECHL finallaridagi mag'lubiyatlar Buffonni oxiri yig'latib yuborgan. Aslida, Jijji bunday holatda yana bir necha bor ko'rish mumkin. Ayoli bilan ajrashganida ham ko'zi yoshlangan. Hozir Buffon boshlovchi Ilariya D’Amiko bilan do'stona aloqalarda va aynan u darvozabonga o'g'li Leopoldoni tarbiyalashda yordamlashmoqda. Birinchi turmushidan qaxramonimizning ikki o'g'li bor Lui Toma va Devid Li.

Buffon futbol akademiyaga asos solgan. Ota-onasi bilan mexmonxonalar biznesi mavjud, restoran va avtomobil turargohlari. Oilaviy biznes italiyaliklar uchun klassik voqea. Agarda golkiper biografiyasidan o'zgalarga o'xshamagan fakt izlasangiz, Buffonning qo'rquvini yodga olish mumkin. Janluijjida apifobiya mavjud. Bu arilar va ular o'zini chaqib olishdan juda qattiq qo'rqish.

Buffonning kuchli allergiyasi yo'q, ari chaqishi u uchun qandaydir jiddiy xavf tug'dirmaydi. Biroq Kannavaro agarda Janluijji mashg'ulot maydonchasi atrofida uchib yurgan arilarga ko'zi tushsa, mashg'ulot qilishdan bosh tortgan. Qiziq tomoni, "Supermen" laqabli qaxramonimiz darvozabon qo'lqopi bilan bosib, "tinchitsa" bo'ladigan hasharotdan shu darajada qo'rqadi.

Buffonning futboldagi yagona armoni CHempionlar Ligasi bo'lib qoldi. Aynan 2003 yil ECHL finalida  "Milan"ga qarshi o'yindan keyingi penaltilar seriyasi sabab kuchli depressiyaga tushib qoladi. Umuman olganda Buffon biroz g'alati odam. Mehmonlar tomoniga o'tib ketib, "Karrareze"ni sharaflovchi qo'shiqlarni kuylashi ham mumkin. 45 yoshli erkakning baland ovozda qo'shiq kuylab, ajoyib harakatlarini bir tasavvur qilib ko'ring.

Butun faoliyati davomida Janluijji chekadi va spirtli ichimliklar ichadi. Biroq giyoxvand bo'lib ketmagan. Buffon yoshligidan o'zi istagan narsalardan tiyib o'tirmagan. Uning uyi qarindoshlarining oziq-ovqat do'konining shundoq tepasida edi. 

Yoshligida darvozabon haftasiga o'n bokal vinoni ko'rdim demasdi. Gamburgerlar va picca, ko'pgina go'sht Buffonning ishtahasi doim yaxshi bo'lgan. Keyinroq esa u odatini biroz o'zgartiradi va o'yindan oldin va keyin picca va pasta o'rniga sushi istemol qiladi. 


Futbol tarixidagi eng kuchli darvozabonlardan biri

Balki eng yaxshisidir. Yashin faoliyatining eng gullagan davrida hali televidenie va boshqa OAV u qadar rivojlanmagani tufayli o'ta sinchkovlik bilan kuzatib borilmagan. Lev Ivanovichning o'yinlarini Buffonnikidek ko'rib chiqib bo'lmaydi, buning imkoni yo'q. SHu bilan birga futbolning umumiy o'zgarishini ham unutmaslik zarur. Janluijji "Parma" safidagi birinchi o'yinida "Milan" safida ikkita "Oltin to'p" sohiblarini uchratadi — Vea va Bajo.

Muntazam ravishda buyuk futbolchilarga qarshi harakat qilardi. Buffon sinovlarni munosib engib o'tgan. SHuningdek, u o'z kasbiga tasir ham o'ktaza olgan, uzoqroq safda bo'lish uchun golkiperlar boshqacharoq mashg'ulotlar zarurligini "kashf qilgan". O'tgan asrning 60 yillarida qolganlar Yashindek darvozani tashlab, ancha oldinga chiqib, oyoqlari bilan o'ynashga qo'rqardi. Lev Ivanovich o'z vaqtini ortda qoldirib ketgan, uning o'yinini bizning davrimizda ham kuzatishimiz mumkin.

Buffonning yo'lini takrorlash esa yanada qiyinroq bo'ladi. Buncha moddani hazm qilib yuborish uchun organizm ham boshqacharoq bo'lib dunyoga kelishi kerak. Depressiyani esa nafaqat doktor qabulida, balki galereyalarda engib o'tish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Jijji mashhurlik cho'qqisida bo'lib turib, hayoti mazmunini yo'qotadi. Hammaga Buffon – jahonning eng yaxshi darvozaboni obrazi kerak, uning asl o'zi esa hech kimga kerak ham emas, qiziq ham emas, deb hisoblardi.

G'amgin Janluijji shahar kezib, tasodifan Mark SHagalning ko'rgazmasini uchratadi. Buyuk avangardchi o'zgacha oqimda suzardi va bu depressiv Buffonga mos tushdi. Kiperga rassomning ko'plab ishlari maqul keldi, ayniqsa "Sayr" nomli asar oldida uzoq qolib ketardi. Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi, deganlaridek suratni etiboringizga taqdim etamiz. 

Buffon suratni qanday ko'rganini bila olmaymiz. Ammo qaxramon havoga ko'tarilib, suyuklisi tomon intilayotgani golkiperga o'zgacha tasir qiladi. Natijada, SHagal Buffonning o'sha og'ir holatdan chiqib ketishiga sababchi bo'ladi. Oradan 20 yil o'tib, 45 yoshli Buffon faoliyatini "Parma"da yakunladi. Endi unga yana ruhshunos kerak, chunki Jijji futbolda shu qadar uzoq qoldiki, uni o'zi uchun havo deb bilardi.

Buffon sevimli "Karrareze" klubini sotib olgan, ammo keyinroq investorlar topa olmadi va akciyalarning katta qismini sotishga majbur bo'ldi. Umid qilamizki, nima bo'lganda ham Buffon maydon bo'lgani kabi, uning tashqarisida ham millionlab bolakaylar uchun o'rnak bo'la oladi. Jijji buni uddalashiga ishonamiz, chunki u hayot agar sen yosh, sog'lom, boy va mashhur bo'lsang ham ayab o'tirmasligini ancha avval tushungan. 

O'tgan mavsum jamoa V Seriya pley-off bosqichiga juda yaqin keldi, lekin omadsizlikka uchradi. Kim biladi deysiz, balki Buffon ko'proq vaqt ajrata olsa, kerakli mutaxassislarni topadi va klub muxlislarining quvonchiga sabab bo'ladigan natijalarga erisha oladi. Yozning asosiy trendlaridan biriga amal qilgan holda, Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin, ammo unday qilmadi. Buffon faoliyatini "Parma"da boshladi va shu erda uni yakunladi. SHunisi chiroyliroqdek...


Nozima To'xtamirzaeva tarjima qildi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика